Hisob-kitob nima uchun aynan СO2 ekvivalentida amalga oshiriladi?Gap shundaki, har bir issiqxona gazi har xil ta’sir qiladi. Shuning uchun hisob-kitobda qulay bo‘lishi uchun shartli o‘lchov birligi sifatida СO2 ekvivalenti tanlangan. Ushbu qiymat qancha miqdordagi “sof” СO2 atmosferaga chiqarilgan gazlar aralashmasi kabi iqlimga ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Masalan, azot chala oksidining bir tonnasi atmosferada 298 tonna СO2 100 yil davomida qancha issiqlikni tutib tursa, shuncha issiqlikni tutib turishini anglatadi. |
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IO‘HEG) 1988 yilda iqlim o‘zgarishi, uning sabablari, keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari va ko‘rish lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga oid ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarga umumiy baho berish uchun tashkil qilingandi. |
Olimlar gaz chiqindilarini uchta qamrov sohasida ajratadi.Birinchi qamrov sohasi (1-soha) — bu ishlab chiqarish jarayonidagi bevosita chiqindilar.Energiya iste’moli ikkinchi qamrov sohasiga mansub (2-soha).Uchinchi qamrov sohasi (3-soha) tovarlar va mahsulotlar: hom ashyoni xarid qilish, yetkazib berish, sotish, foydalanish, utilizatsiya qilish va boshqalar, ya’ni ishlab chiqarish chiqindilariga bevosita aloqador bo‘lmagan butun boshli hayotiy siklni o‘z ichiga oladi. |
Uglerod neytralligiga erishishning uchta asosiy chorasi:1. Atmosferaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarilayotgan chiqindilarni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari – gidrogeneratsiya, Quyosh energiyasi, shamol energiyasiga o‘tish (Scope 1 va 2).2. Havoni CO2 dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tozalash.3. Havoga chiqarilayotgan is gazini kamaytiruvchi loyihalarga investitsiya kiritish orqali uning o‘rnini kompensatsiyalash. |