Institut faoliyati

PMTI haqida

Institutning mamlakatimiz ilmiy hamjamiyati vakili sifatidagi faoliyati mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va prognozlash bo‘yicha makroiqtisodiy tadqiqotlarni o‘tkazish hamda ularning asosida ijro hokimiyatning yuqori organlariga asosli taklif va tavsiyalar berish, shuningdek, olingan bilimlarni jamiyatga yetkazishga qaratilgan.

Institut O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga kiruvchi muassasalardan biri bo‘lib, unga metodik va metodologik jihatdan ko‘mak beradi.

Institut ko‘plab xalqaro tashkilotlar, xususan, Jahon banki, GIZ, OTB, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

 

Asosiy faktlar

Institut tarixi

Joylashuv o‘rni – Toshkent sh, O‘zbekiston

Tashkil etilgan vaqti – 1968 y.

Vazirlar Mahkamasi huzurida ish boshlagan vaqti – 2008 y.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida ish boshlagan vaqti – 2018 y.

Shiori - "Novum et experiential" ("Yangi va tajriba")

 

Ilmiy faoliyati (31.12.2021 y. holatiga ko‘ra)

Ilmiy ishlar va maqolalar

      ijtimoiy-iqtisodiy saytlarda - 54 ta

      institut saytida – 137 ta

      gazetalarda – 35 ta

E’lon qilingan ilmiy maqolalarning shakli

    Monografiyalar – 5 ta

    Scopus – 9 ta

    Mahalliy jurnallar – 24 ta

    RSCI – 103 ta

    Tezislar – 59 ta

    Xalqaro konferensiyalar – 42 ta

 

Vazifasi

Institutning vazifasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladigan makroiqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirishdan iborat.

Institut makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlash va mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish, uning  rivojlanish istiqbollarini belgilash hamda uzoq muddatli makroiqtisodiy barqarorlikka erishish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan takliflar ishlab chiqishning mustahkam ilmiy-uslubiy bazasini yaratish va ommalashtirishga harakat qiladi.

 

Institut jamoasi (31.12.2021 y. holatiga ko‘ra)

Ilmiy darajaga ega bo‘lganlar – 18 nafar

PhD – 11 nafar

DSc – 7 nafar

Doktorantlar – 47 nafar

Tayanch doktorantlar (PhD) – 9 nafar

Doktorantlar (DSc) – 5 nafar

Mustaqil tadqiqotchilar (PhD, DSc) – 33 nafar

 

Loyihalar

Institut tarkibiy jihatdan ilmiy, uslubiy, ilmiy-tadqiqot va nashriyot ishlari bilan shug‘ullanuvchi hamda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 11 ta loyihadan iborat. Loyiha xodimlari iqtisodiyotni tahlil qilish va prognozlashning zamonaviy usullari, xususan, ekonometrik modellar va dasturiy mahsulotlardan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ilmiy kadrlardir.

Institut olimlari va ilmiy xodimlari makroiqtisodiyot, mintaqaviy iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish va sanoat iqtisodiyoti sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassislardir. Bu esa ularga mamlakat va uning hududlarini rivojlantirishda mutanosib va kompleks dasturlarini ishlab chiqish imkonini beradi.

 

Yetakchilik

Institut eng yaxshi hodimlarining ko‘p yillik mashaqqatli va fidokorona mehnati natijasida katta obro‘ga ega.

Institutda 4 nafar akademik, 30 nafardan ortiq fan doktori va professor, 100 nafardan ortiq iqtisod fanlari nomzodi faoliyat yuritgan.

Institut xodimlari “O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni tayyorlashda ham faol ishtirok etgan.

Institut huzurida “Makroiqtisodiyot”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” va “Sanoat iqtisodiyoti” mutaxassisliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha Kengash tashkil etilgan.

Institutda har yili 5 nafar va undan ortiq doktorant bitiradigan Doktorantura bo‘limi faoliyat yuritadi.

Institut tomonidan RINS xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan "Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar" ilmiy jurnali chop etiladi.

 

Tashkent city ва Eski shahar

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Toshkent shahri, uning xilma-xil va jadal sur’atlarda rivojlanayotgan jamoasining ajralmas bir qismi bo‘lib, o‘zida intellektual jihatlar va innovatsion tendensiyalarni mujassam etgan holda an’analari, madaniyati va tarixini saqlashga harakat qilmoqda.

Institut binosi ikkita yaqin va bir vaqtning o‘zida har xil maydonchalar tutashgan yerda joylashgan. Institutning yangi Toshkent ramzi – “Tashkent city” maydonchasi hamda shaharning an’analari va tarixiy ramzi bo‘lgan “Eski shahar”ga yaqin joylashuvi uning “to‘plangan tajribaning eng yaxshi jihatlarini saqlab qolgan holda yangilik tomon intilish” tamoyilini o‘zida ifoda etadi.