O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 521-son qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yil 29-iyundagi 114-son qarori bilan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida iqtisodiyot fanidan fan doktori (Dsc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha DSc.14/30.12.2019.I.84.01 shifrli Ilmiy(ixtisoslashgan) kengash faoliyat ko‘rsatadi.
Ilmiy kengash tomonidan 08.00.02-makroiqtisodiyot, 08.00.12-mintaqaviy iqtisodiyot va 08.00.03-sanoat iqtisodiyoti mutaxassisliklari bo‘yicha dissertatsiyalarni qabul qilish amalga oshiriladi.
Institutda ilmiy xodimlar, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun Ilmiy-uslubiy kengash faoliyat yuritadi.