PMTI ekspertlari O'zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini baholadi
8июн
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligi uning raqobatbardoshligi bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ho'l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro raqobatbardoshligini baholash maqsadida tadqiqot o'tkazdi.
Mutaxassislar qiyosiy afzalliklar asosida raqobatbardoshlikning savdo ko'rsatkichlarini tahlil qilib, O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlarini va qayta ishlash sanoatining jahon bozorida eng raqobatbardosh turlarini aniqladi.
Halqaro raqobatbardoshlikni baholashning eng keng tarqalgan ko'rsatkichlaridan biri bu RCA (Revealed comparative advantage) indeksidir. Qayd etish kerakki, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan meva-sabzavotlar va ularni qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlarining RCA indeksini hisoblash uchun BMTning Savdo statistik ma'lumotlar bazasi hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlaridan foydalaniladi.
Hisob-kitoblar 2015-2020 yillarda AQSh dollarida joriy narxlarda O'zbekiston eksportining 07,08,20 guruhlari 4-raqamli TIF TN kodlari va butun dunyoda shu kabi eksport buyumlari bo'yicha ko'rsatkichlarga asoslandi.
Hisob-kitoblarning natijalariga ko'ra, 2015-2020 yillarda tahlil qilingan 35 ta tovar guruhidan 16 mahsulot guruhida O'zbekiston sezilarli qiyosiy afzalliklarga ega ekan. Ushbu mahsulotlar guruhi 2019 yilda O'zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari eksportining qariyb 40 foizini tashkil etdi.
PMTI mutaxassislari meva-sabzavot eksporti uchun Lafey indeksi (LFI) asosida ham hisob-kitob o'tkazdi. Chunki RCA importni hisobga olmagan holda, faqat eksportni hisobga oladi. Bu esa noto'g'ri natijalarga olib kelishi mumkin.
Lafey indeksining (LFI) o'ziga xos xususiyati shundaki, bu alohida tovar guruhlari mamlakatning me'yoriy savdo balansiga qanday hissa qo'shganini aniqlash imkonini beradi.
Hisob-kitoblar uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining 2015-2020 yillar uchun mo'ljallangan ma'lumotlaridan foydalanildi.
Unga ko'ra, 2015-2020 yillarda tahlil qilingan 35 tovar guruhidan 24 tasida O'zbekiston qiyosiy ustunlikka ega. Biroq, 10 ta tovar guruhida tashqi bozorga eksport qilishda qiyosiy afzalliklarga ega emas edi.
Shu tariqa ikkala indeksning hisob-kitoblari natijasida olingan RCA va LFI indekslarining o'rtacha qiymatlarini taqqoslab, quyidagi meva va sabzavot guruhlari aniqlandi:
1-jadval
2015-2020 yillarda O'zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari uchun RCA va LFI ning o'rtacha ko'rsatkichlari
Qayd etish kerakki, RCA - bu aniqlangan nisbiy afzalliklarning ko'rsatkichi bo'lib, agar RCA indeksi 1dan katta bo'lsa, unda mamlakat H mahsulotni ishlab chiqarishda raqobatbardosh ustunlikka ega deb hisoblanadi. Indeks qancha ko'p bo'lsa, raqobatbardosh ustunlik shuncha o'sib boradi. RCA indeksi qancha past bo'lsa, mahsulot shunchalik raqobatbardosh emas. Masalan, yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, eng katta raqobatbardosh ustunlikka ega mahsulot pomidor (10.4) hisoblangan. O'zbekistonning pomidor eksporti qiymatining umumiy eksportga nisbati butun dunyodagi barcha mamlakatlar uchun bir xil nisbatdan oshib ketganligi sababli, O'zbekiston pomidor ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega deb aytish mumkin.
LFI - bu sof savdo oqimlari to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslanib taqqoslanadigan afzalliklarni hisoblash uchun savdo indeksi bo'lib, agar H mahsuloti bo'yicha LFI indeksi 0 dan yuqori ko'rsatkichlarni qabul qilsa, mahsulot jahon bozorida mos ravishda raqobatbardosh hisoblanadi. Salbiy ko'rsatkich uning noaniqligini bildiradi. Masalan, LFI indeksida Salat-latuk 0,009, Pomidor esa 0,2625 ga teng. Demak, pomidorlar salatga nisbatan ancha raqobatbardosh.
O'zbekiston tashqi bozorda nisbatan qiyosiy ustunlikka ega bo'lgan 19 tovar guruhiga quyidagilar kiradi: o'rik, olcha va gilos, shaftoli, olxo'ri, uzum, quritilgan mevalar, konservalangan sabzavotlar, quritilgan sabzavotlar va dukkaklilar, sabzi, pomidor va boshqalar.
Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, O'zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining aksariyati jahon bozorida yuqori raqobatbardosh. Keyingi bosqichda meva-sabzavot raqobatbardoshligini va qayta ishlash darajasini oshirish bo'yicha dasturni ishlab chiqish mumkin. Dastur doirasida jahon bozoridagi talab (nav va sifat jihatidan) va O'zbekiston mavjud tarmoq salohiyatini hisobga olgan holda meva-sabzavot mahsulotlarining ayrim turlariga e'tibor qaratish zarur.
PMTI o'z navbatida, ushbu tadqiqotni 10-raqamli TIFTN kodi asosida chuqurroq tahlil qilishda davom etadi.
Sizning so'rovingiz asosida PMTI meva va sabzavot mahsulotlarining qiyosiy afzalliklari bo'yicha to'liq tahlilni taqdim etishi mumkin.
Darya Ilina
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari