Federal zaxira tizimi stavkasini keskin oshirilishi davrlari va uning rivojlanayotgan mamlakatlar uchun oqibatlari
Federal zaxira tizimi stavkasini keskin oshirilishining rivojlanayotgan mamlakatlarga salbiy ta'siri o'tmishda kuzatilgan.
Misol uchun, so'nggi 50 yil ichida rivojlanayotgan mamlakatlarda sodir bo'lgan eng chuqur iqtisodiy inqirozlar butun dunyo bo'ylab pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishining salbiy ta'sirlari natijasi bo'lgan. 1970-yillarning oxirida Federal zaxira tizimi boshchiligidagi foiz stavkalarining keskin ko’tarilishi (“Volker shoki”) natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarda yuzaga kelgan qarz inqirozi eng dramatik bo’lgan.
1994 yilda Federal zaxira tizimi tomonidan foiz stavkasini bir necha marta oshirilishi Meksikada inqirozni keltirib chiqardi va rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Lotin Amerikasida "Tequila effekti" deb nomlangan tarqalish ta'siriga ega edi.
Shuningdek, 2013 yilda "Taper Tantrum" deb ataladigan davr ham ma'lum. Qisqa muddatli stavkalar oshirilishi sabab bo'lgan oldingi ikki holatdan farqli o'laroq, bu davr AQShning uzoq muddatli foiz stavkalarining kutilayotgan o'sishi bilan bog'liq edi. 2013 yil may oyida AQSHda pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlarda valyuta kursining pasayishiga, kapitalning chiqib ketishiga, aktivlar narxining pasayishiga va suveren obligatsiyalar daromadining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.
|