8 MART — XOTIN-QIZLAR KUNI
8мар

Hayot falsafasi, uning mohiyati va jozibasi avvalo Ona siymosida, ayol timsolida namoyon bo'ladi. Hayot davomiyligi, oila fayzi va jamiyat ravnaqi ayollar bilan bog'liq. Ular mehr-muhabbat, ezgulik, fidoyilik, vafo hamda sadoqat timsolidir.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar jarayonini ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash, ilm-fan, ishlab chiqarish va boshqa qator sohalarda xotin–qizlar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Eng muhimi, ular barcha uchun muqaddas bo'lgan oila tayanchi, taraqqiyot garovi bo'lgan barkamol avlodning benazir tarbiyachisidir.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) jamoasi 8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabarruk onalarimiz, mehribon opa-singillarimizni samimiy tabriklaydi. Doimo yaqinlaringiz, yurt ardog'ida bo'ling.

Go'zallik va nafosat ayyomi barchangizga muborak bo'lsin!