14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
14янв

Bu dunyoda yashayotgan har bir insonning butun hayoti, orzu-umidlari, quvonchu-tashvishi Vatan, deb atalmish muqaddas bir tushuncha bilan bog‘liq. Qanchadan-qancha mashhur yozuvchi va shoirlar unga ta’rif berishga harakat qilgan, biroq hali hech kim Vatanga mukammal bir ta’rif bera olmagan bo‘lsa kerak.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) jamoasi o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, uni sevish, ko‘z qorachig‘idek asrash, taraqqiyoti uchun jonkuyar bo‘lishni sharafli va muqaddas burchi, deb bilgan har bir yurtdoshimizni ushbu bayram bilan muborakbod etadi.