2022-2024 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari (1-qism)
2022-2024 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari (1-qism)
#Экономика

2022-yil 22-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2024-yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-98-son Qarori qabul qilindi.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga ko'ra 2022 - 2024-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishiga 76,9 trln so'm miqdorida mablag' yo'naltiriladi. Ushbu mablag'ning 23,8 trln so'm miqdordagi qismi 2022-yil uchun mo'ljallangan.

Mazkur dasturni amalga oshirish natijasida 2022 — 2024-yillarda oliy ta'lim yurtlarida 54 mingdan ortiq, umimiy ta'lim muassasalarida 259 mingdan ortiq, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 88 mingdan ziyod yangi o'quv o'rinlari yaratilishi, 5,9 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi quvurlari va 4,8 ming kilometrdan ziyod irrigatsiya va melioratsiya quvurlari va boshqa obyektlar hamda 421 kilometr avtomobil yo'llari qurilishi va ta'mirlanishi nazarda tutilgan.