2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022-yilning yanvar-aprel oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 239,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 403,2 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. 2021-yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 28,9 foizni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavotlar (64,2%), meva va rezavorlar (14,0%) egallaydi. 2022 yilning yanvar-aprel oylari oralig‘ida umumiy qiymati 154,0 million AQSh dollariga teng 320,8 ming tonna sabzavot, shuningdek, umumiy qiymati 33,6 million AQSh dollariga teng 31,1 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 3,4 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (24,7%), Qozog‘iston (23,8%), Xitoy (14,6%), Pokiston (6,7%), Afg‘oniston (4,7%), Belarus (2,9%), Qirg‘iziston (2,9%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.