2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 760,2 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 235,8 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 21,7 foiz ko‘p demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni uzum (mayiz qo‘shgan holda) – 21,2 foiz, shaftoli – 9,0 foiz, mosh – 6,1 foiz, pomidor – 5,9 foiz, qovun va tarvuz – 4,7 foiz, gilos – 4,4 foiz, karam – 4,3 foiz, piyoz – 3,8 foiz egallaydi.
2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 5,4 foizni tashkil etgan.
Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari Rossiya (44,4 foiz), Qozogʻiston (21,0 foiz), Xitoy (6,8 foiz), Pokiston (6,4 foiz), Qirg‘iziston (4,4 foiz), Afg‘oniston (2,6 foiz), Turkiya (2,3 foiz), Belarus (1,9 foiz), Eron (1,3 foiz), Ozarbayjondir (1,0 foiz).