Oʻzbekistonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish tendensiyalari
Oʻzbekistonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish tendensiyalari
#Экономика
2021-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, oilaviy korxonalar soni 50924 tani tashkil etadi. Bu esa oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 133,4% ko‘p demakdir. Jami tadbirkorlik subyektlarining 10,9% ni oilaviy korxonalar tashkil etadi. Iqtisodiy faoliyat turi kesimida ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, ushbu korxonalarning ortishi savdo-sotiq (150,8%), sogʻlikni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish (136,8%), qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari (128,5%) hamda sanoat (126,9%) kabi sohalarida kuzatildi. Hududlar kesimida esa Qashqadaryo (243,0%), Jizzax (152,0%), Samarqand (144,7%), Namangan (138,5%) va Fargʻona (139,2%) viloyatlarida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish kuzatilgan. Oʻzbekistonda 2016 - 2020-yillarda oilaviy biznes subyektlarining sof daromadi qariyb 6,0 marotaba, korxonalar soni esa 5,2 marotaba ko‘paygan. Iqtisodiy faollik nuqtai-nazaridan olib qaraganda savdo-sotiq (6,6 marotaba), qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari (3,9 marotaba), sanoat hamda sogʻlikni saqlash (3,0 marotaba) nisbatan tez sur’atlar bilab o‘sayotgan sohalardir.