Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish muammolari va yangi iqtisodiy modelning konturlari
N. Sadriddinov, loyiha rahbari
S.Chepel, i.f.d., bosh ilmiy xodim
D.Ilina, loyiha rahbari
Z. Kostyuchenko, loyiha rahbari
Annotatsiya:
Maqolada mamlakatimizda iqtisodiy siyosatda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish va xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan iqtisodiyotni isloh qilish va liberallashtirish bo'yicha hukumatning amalga oshirgan chora-tadbirlari natijalari baholangan, O'zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni ta'minlash, 2020 yildagi global pandemiya inqirozining salbiy oqibatlarini minimallashtirish bo'yicha o'z vaqtida belgilangan chora-tadbirlar yoritib berilgan. MDH davlatlari bilan mamlakat iqtisodiy o'sishi va sanoat ishlab chiqarishi, milliy iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta'minlovchi omillari taqqoslangan. Iqtisodiy boshqaruv sohasidagi muammolar yoritib berilgan, shuningdek, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga salbiy ta'sir etuvchi yangi xatar va muammolar ko'rsatib o'tilgan. Sanoat va qishloq xo'jaligi sohalarida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi iqtisodiy modeli konturlari aniqlangan.