Qo‘shimcha.
Bugungi kunda O‘zbekistonda «frilanser» termini qonunchilik darajasida mavjud emas. Biroq, ushbu terminning ma’nosini hisobga olganda (frilanser – bandlik turi bo‘lib, bunda mutaxassis o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlaydi) “o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar” atamasi bunga ko‘proq mos keladi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar— mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, o‘z faoliyatida yollanma ishchilar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar.
|