PMTI O'zbekistonning tashqi bozordagi eng raqobatbardosh meva-sabzavotlarini aniqladi

PMTI ekspertlari O‘zbekistonda yetishtiriladigan meva-sabzavotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini qayta baholadi.

2021 yilning iyun oyida institut meva-sabzavot mahsulotlarining raqobatbardoshligini baholagan va uning natijalarini e’lon qilgan, biroq hisob-kitoblar 4 ta qiymatli  Tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi (TIF TN) ma’lumotlari asosida amalga oshirilgandi. Ushbu baholash TIF TN bo‘yicha 6 ta qiymatli ma’lumotlar asos qilib olinganligi bilan farq qiladi. Shuning uchun avval ko‘rib chiqilgan 35 ta tovar guruhi o‘rniga bu safar meva va sabzavotlarning 127 ta tovar guruhi baholandi.

RCA (Revealed comparative advantage) va Lafey (LFI) indekslarini hisoblashda TIF TN ning 07,08,20 guruhlari uchun 2017-2021 yillar oralig‘ida AQSH dollaridagi  joriy narxlarda UN Comtrade bazasidan olingan statistik ma’lumotlardan foydalanildi.

RCA (Revealed comparative advantage) yoki Aniqlangan qiyosiy ustunlik indeksi amalda xalqaro raqobatbardoshlikni baholashning eng keng tarqalgan indekslaridan biri hisoblanadi.

Ammo PMTI ekspertlari RCA importni hisobga olmasligi va faqat eksport bilan shug‘ullanishi noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkinligini e’tiborga olingan holda Lafey indeksi (LFI) asosida  raqobatbardoshlikning muqobil hisob-kitobini ham amalga oshirdi. Lafey indeksi (LFI) ning  o‘ziga xos xususiyati shundaki, u alohida tovar guruhlarining mamlakat me’yorlashtirilgan savdo balansiga qo‘shgan hissasini aniqlash imkonini beradi.

PMTI ekspertlari hisob-kitoblar natijasida olingan RCA va LFI indekslarining o‘rtacha qiymatlarini taqqoslash asosida meva-sabzavotlarni 3 guruhga ajratdi: 1) tashqi bozorda sezilarli qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan tovarlar; 2) "marginal" holatdagi, ya’ni ba’zi yillarda jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan, ayrim yillarda esa raqobatbardosh bo‘lmagan hamda tashqi bozor sharoitiga juda bog‘liq tovarlar; 3) tashqi bozorda qiyosiy ustunlikka ega bo‘lmagan tovarlar.

Shunday qilib, O‘zbekiston tovarlarining tashqi bozorda aniq qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan 36 ta va qiyosiy ustunlikka ega bo‘lmagan 58 ta guruhini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Tovarlarning qolgan 33 ta guruhi bo‘yicha qiyosiy ustunlikning mavjudligi yoki yo‘qligi aniq emas va ular bozor sharoitiga bog‘liq.

2017-2021 yillarda jahon bozorida eng katta qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan mahsulotlar 10 taligiga quyidagilar kiradi: barcha ko‘rinishdagi loviyalar (vingaspp., phaseolusspp.) quritilgan, po‘sti olingan, po‘stidan tozalangan yoki tozalanmagan, maydalangan yoki maydalanmagan (TIF TN kodi 071339); Sarhil o‘rik (TIF TN kodi 080910); Loviyaning vingamungo (l.) nepper yoki vingaradiata (l.) turlari. Wilczek quritilgan, po‘sti olingan, po‘stidan tozalangan yoki tozalanmagan, maydalangan yoki maydalanmagan (TIF TN kodi 071331); Xurmo (TIF TN kodi 081070); Mayiz (TIF TN kodi 080620); Olxo‘ri qoqi (TIF TN 081320); Gilos (TIF TN kodi 080929); Turshak (TIF TN kodi 081310); Olma qoqi (TIF TN kodi 081330); Qisqa muddatli saqlash uchun mo‘ljallab konservalangan, lekin bu shaklda ozuqa sifatida iste’mol qilish uchun yaroqsiz bo‘lgan boshqa sabzavot va o‘simlik aralashmalari (TIF TN kodi 071190) 

1-jadval

2017-2021 yillarda jahon bozorida eng katta qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan meva-sabzavotlar 10 taligi

 

TIF TN kodi bo‘yicha mahsulotlar

2015-2020 yillardagi o‘rtacha qiymati

RCA

LFI

1.

071339 barcha ko‘rinishdagi loviyalar (vingaspp., phaseolusspp.) quritilgan, po‘sti olingan, po‘stidan tozalangan
yoki tozalanmagan, maydalangan yoki maydalanmagan

168,9

0,26

2.

080910 Сарҳил ўрик

117,6

0,15

3. 

071331 Loviyaning vingamungo (l.) нepper ёки vingaradiata (l.) турлари. Quritilgan, po‘sti olingan, po‘stidan
tozalangan yoki tozalanmagan, maydalangan yoki maydalanmagan*

92,6

0,24

4.

081070 Xurmo

92,0

0,15

5.

080620 Mayiz

56,7

0,26

6.

081320 Оlxo‘ri qoqi

45,5

0,06

7.

080929 Gilos

42,3

0,32

8.

081310 Тurshak

41,3

0,04

9.

081330 Оlma qoqi

36,7

0,01

10.

071190 Qisqa muddatli saqlash uchun mo‘ljallab konservalangan, lekin bu shaklda ozuqa sifatida iste’mol
qilish uchun yaroqsiz bo‘lgan boshqa sabzavot va o‘simlik aralashmalari**

30,6

0,02

*O‘zbekiston eksportidagi ushbu kategoriya asosan mosh eksporti bilan taqdim etilgan
**Mazkur kategoriyada kovul ko‘proq

Ma'lumot uchun: RCA - aniqlangan qiyosiy ustunlik indeksi. Agar RCA  indeksi 1 dan katta bo‘lsa, u holda mamlakat X tovarni ishlab chiqarishda raqobat ustunligiga ega, deb hisoblanadi. Indeks qanchalik katta bo‘lsa, raqobat ustunligi shunchalik yuqori bo‘ladi. RCA indeksi qanchalik past bo‘lsa, mahsulotning raqobatbardoshligi shunchalik past bo‘ladi. Misol uchun, yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mahsulot – loviya (168,9) eng katta raqobat ustunligiga ega.

LFI - sof savdo oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan qiyosiy ustunlikni hisoblash uchun mo‘ljallangan savdo indekslari. Agar X mahsulot uchun LFI indeksi 0 dan katta qiymatga ega bo‘lsa, mahsulot jahon bozorida raqobatbardosh hisoblanadi, mos ravishda salbiy qiymat uning raqobatbardosh emasligidan dalolat beradi. Masalan, xurmo 0,15, gilos esa 0,32 LFI indeksiga ega bo‘lsa, demak gilosning raqobatbardoshligi  xurmonikiga qaraganda ancha yuqori.

O‘tkazilgan tadqiqot asosan sarhil meva-sabzavotlar yoki chuqur qayta ishlanmagan mahsulotlar jahon bozorida raqobatbardosh ekanligini ko‘rsatdi. Keyingi qadamda meva-sabzavotlar va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish zarur. Uning doirasida e’tiborni jahon bozorida (navi hamda sifati bo‘yicha) afzal ko‘rilishi hamda O‘zbekistonda tarmoqning qanday imkoniyatlarga ega ekaniga qarab, meva-sabzavotlarning alohida turlariga qaratish maqsadga muvofiq.

Meva-sabzavotlarning qiyosiy ustunligiga oid tahlil natijalari haqidagi batafsil ma’lumotlar PMTI ga murojaat qilinganda taqdim etilishi mumkin.

Darya Ilina,
PMTI loyiha rahar