Vaqt: 13 sentyabr, soat 15:00
💬Ma’ruzachi: Otaboyev Sherzod, PMTI eksperti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish va boshqarishning ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega. 2021 yilda "Tashabbuskor yosh iqtisodchi" sovrini bilan taqdirlangan. Respublikamizning qator hududlarining (Xorazm, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi) o`rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda faol qatnashgan. Shuning bilan birga, BMT Taraqqiyot Dasturining "O`zbekistonda mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini KPI asosida baholash: xorij tajribasi, tahlillar va tavsiyalar" loyihasi, CEED Bulgaria granti doirasidagi "Namangan va Sirdaryo viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi" loyihalarida mahalliy ekspert sifatida ishtirok etgan.