N.Sadriddinov
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
loyiha rahbari o'rinbosari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini erkinlashtirish, raqobat muhitini rivojlantirish va investitsion jozibadorligini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yoritib berilgan. Xususan, O'zbekistonning iqtisodiy erkinlik indeksida tutgan o'rni va boshqa mamlakatlar bilan solishtirma tahlili amalga oshirilgan, shunigdek, raqobat muhitini shakllantirish sharoitida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda mamlakat hukumatining bozor islohotlari bo'yicha sa'y-harakatlari natijasi ko'rsatib o'tilgan.