Mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash bo‘yicha onlayn davra suhbati

🌐 Bugun 15 dekabr kuni soat 15:00 da tajriba sifatida tanlab olingan 2 ta tumanda mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlarning natijasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi. 

✅ Ushbu davra suhbatida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida Dehqonobod va Kosonsoy tumanlarida mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash bo‘yicha tadqiqot ishlari natijalari ma’ruza qilinadi.

✅ Davra suhbati onlayn shaklda o‘tkaziladi. 

Zoom link:: https://undp.zoom.us/j/87697085347?pwd=emJjV0R6SkpyRUZXV1QybEhIVWJtZz09