💬Ma’ruzachi: Hozirda Abror G‘ofurov (https://www.gfz-potsdam.de/en/staff/abror-gafurov/) Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan “Yashil Markaziy Osiyo” dasturi doirasida “Markaziy Osiyoda suv” loyihasini muvofiqlashtirib kelmoqda. Bundan tashqari, u Jahon banki guruhi va boshqa xalqaro tashkilotlarning iqlim o'zgarishi va suv resurslari bo'yicha loyihalarida ishtirok etadi. U Shtutgart universitetining, (Germaniya) gidrologiya bo'yicha fan nomzodi ilmiy darajasiga ega.
✅Dr. G‘ofurovning SCOPUS jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqolalari (https://hess.copernicus.org/articles/24/3289/2020/) chop etilgan. Uning maqolalari asosan suv aylanishi va Markaziy Osiyodagi suv resurslariga iqlim ta'sirini baholashga bag'ishlangan. Abror G‘ofurov ayni paytda Germaniyaning Berlin shahridagi Gumboldt universiteti o‘qituvchisi.