Ilmiy-tadqiqot faoliyati va doktorantura bo'limi

Bo‘limning asosiy vazifalari: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligiga tadqiqot mavzulari bo`yicha tahliliy hisobotlar va eslatmalar, oraliq va yakuniy hisobotlarni taqdim etishni ta`minlash, loyihalar bo`yicha ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlar rejasining bajarilishini doimiy monitoringini olib boorish, tasdiqlangan ish rejasi asosida yoki Institut rahbariyati topshirig’i asosida Ilmiy kengash yig’ilishlari va Institut rahbariyati tomonidan o`tkaziladigan tezkor yig’ilishlarni tashkil etish va tayyorlashda ishtirok etish, ilmiy kotib bilan kelishilgan holda ilmiy kengash yig’ilishi yoki tezkor yig’ilishning kun tartibi loyihasini ilmiy kengash raisi tomonidan tasdiqlanishi uchun tayyorlash, ilmiy kengash raisi va ilmiy kotib bilan kelishilgan holda ilmiy kengash yig’ilishiga kiritiladigan materiallarni yig’ish (ma`ruzalar, taqdimotlar va h.k.), institutning har yillik ilmiy faoliyatini ilmiy kotib bilan aniqlash va tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, institutning ilmiy muammolar sohasini aniqlash, institutda o`tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar asosini tuzishda ishtirok etish, iqtisodiyotning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash orqali respublikaning ilmiy taraqqiyotini yanada rivojlantirish maqsadlarida institut ilmiy salohiyatini oshirishda faol qatnashish, institutning loyiha va bo`limlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ular tomonidan ish hujjatlarining to`g’ri yuritilishini nazorat qilish, yil davomida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarida faol ishtirok etish uchun institutning loyiha va guruh rahbarlari, bo`lim boshliqlari, etakchi olimlar va yosh tadqiqotchi olimlari bilan birgalikda ish olib borish, o`zbekiston respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi buyrug’i asosida doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikga qabul qilish rejalarini ishlab chiqish, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari respublika iqtisodiyoti ustuvor yo`nalishlarida xo`jalik shartnomalari asosida amalga oshirilayotgan fundamental va amaliy hamda innovatsion ilmiy loyihalar yo`nalishlariga muvofiqligini ta`minlash, yillik rejaga muvofiq doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarni o`z vaqtida attestatsiyadan o`tkazilishini ta`minlash, ilmiy xodimlar, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy tadqiqotlar olib borish va natijalarini hayotga tatbiq etishda ko`maklashish, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminar va o`quv kurslarini tashkil qilish, rejali ravishda doktorantlar, tayanch doktorantlar va institutning  mustaqil izlanuvchilari uchun malaka imtihonlari o`tkaziladigan fanlar bo`yicha o`quv mashg’ulotlarini tashkil etish, yosh olimlarga prognoz qilingan ilmiy ishlanmalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar bo`ichà me`yoriy hujjatlar bilan tanishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ilg’or xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalariga yosh olimlarning stajirovkalari va (yoki) xizmat safarlarini tashkillashtirish, ilmiy jurnal va nashriyotlar bilan hamkorlik qilish va ilmiy nashrlarni amalga oshirish, ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, institut ilmiy faoliyati to`g’risida hisobotni yuritish.