Strategik rejalashtirish hamda makroiqtisodiy parametrlarni tahlil qilish va prognozlash bo'yicha yig'ma guruh

Guruhning asosiy vazifalari: uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda jahon tajribasini o‘rganish va sintez qilish, uzoq muddatli prognozlarni shakllantirish va asoslashning umumiy tamoyillarini shakllantirish, global iqtisodiy tendensiyalar va kelajakdagi texnologik yutuqlarning mavjud prognozlarini sintez qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha mavjud metodologiyani moslashtirish, uzoq muddatli maqsadlarni shakllantirishda uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish, xorij tajribasini umumlashtirish va suv, yer, energetika va malakali ishchilarga e’tibor qaratgan holda kelajakdagi xavf va cheklovlarni baholash metodologiyasini ishlab chiqish, iqtisodiy o‘sishning istiqbolda mavjud va mumkin bo‘lgan manbalari potensialini baholash uchun uslubiy yondashuvlar ishlab chiqish, mavjud va kelajakdagi cheklovlarni hisobga olgan holda uzoq muddatli rivojlanishning alternativ ssenariylari va modellariga uslubiy yondashuvlar ishlab chiqish, zarur bo‘lgan islohotlarni, milliy rivojlanish dasturlarini asoslash metodologiyasi, uzoq muddatli rivojlanish maqsadlari va yangi muammolar bilan bog‘lash, amalga oshirish ketma-ketligi va amaliy samaradorligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar ro‘yxatini shakllantirish, alternativ ssenariylarning xatarlari, iqtisodiyotdagi sifat o‘zgarishlarning prognoz ko‘rsatkichlari va boshqa prognozlashtirish usullarini amalga oshirishning mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholashning zamonaviy modellarini yaratishdagi yondashuvlarni aniqlash, uzoq muddatli rivojlanish ssenariylarini, milliy iqtisodiyotning uzoq muddatli rivojlanishi prognoz baholarini, prognozlashtirish muammolari bo‘yicha tahliliy va boshqa materiallarni shakllantirish.