Kambag'allikni aniqlash metodologiyasi va mezonlari bo'yicha loyiha

Loyihaning asosiy vazifalari: xalqaro tashkilotlar, xorij davlatlar tomonidan yaratilgan kambagʻallikni baholash metodologiyasi, uning shakllanish sabablarini chuqur oʻrganish, mavjud ilmiy maktablarning kambagʻallikka bergan tarifi, aniqlash usullari, har bir mamlakatni oʻziga xos milliy mezonlarini tahlil qilish, Oʻzbekistonda kambagʻallikni aniqlash milliy mezonini ilmiy asoslash, uni real amaliyotdan kelib chiqqan holda baholash usullari boʻyicha takliflar tayyorlash, isteʼmol savatchasi va yashash minimumning huquqiy meʼyoriy asoslari va metodologiyasini ishlab chiqish, jahon, jumladan MDX mamlakatlarida qoʻllanilayotgan qambagʻallikni aniqlash mezonlarini tanqidiy oʻrganish, ularning axborot bazalarini shakllantirish, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha konsepsiyalar va strategiyalar, maqsadli va xududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ilmiy xisobot, tahliliy-axborot byulletenlari va obzorlar, aniqlangan tizimli muammolar boʻyicha ilmiy asoslangan amaliy takliflar va tavsiyalar tayyorlash, kambagʻallikni monitoring qilish va soʻrovnomalar oʻtkazishda bevosita qatnashish.