Xalqaro aloqalar va hamkorlikni rivojlantirish bo'limi

Bo'limning asosiy vazifalari: xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot va o'quv markazlari bilan hamkorlikni tashkil etishda Institut tarkibiy bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, Institut va xalqaro tashkilotlar va xorijiy tadqiqot va o'quv markazlari o'rtasida shartnomalar, hamkorlik shartnomalari va memorandumlarni tayyorlash, Institut rahbariyati topshirig'iga asosan xalqaro tashkilotlar vakillari bilan seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va uchrashuvlarni tashkil etish, Institut rahbariyati topshirig'iga asosan Institut xodimlariga xalqaro konferensiyalar, seminarlar, o'quv kurslari va stajirovkalarda ishtirok etishlarida ko'maklashish, Institut xodimlariga rasmiy hujjatlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda yordam berish, ilmiy izlanishlar olib borish va xodimlarning malakasini oshirish maqsadida grant mablag'larini jalb qilish.