Investitsiya va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish masalalari bo'yicha loyiha

Loyihaning asosiy vazifalari: investitsiya va innovatsiya faoliyatini faollashtirish tendentsiyalari, muammolari va zahiralarini o‘rganish bo‘yicha uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish, xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda o‘rta va uzoq muddatli investitsiya va innovatsiya faoliyat ko‘rsatkichlarini prognoz qilish modeli va uslubiy tavsiyalarini ishlab chiqish, investitsiya muhitini bugungi holatini va rivojlanish istiqbollarini baholash, mavjud tendensiyalar va muammolarni tahlili qilish, zahiralarni aniqlash, resurslar tejamkorli rivojlanish modeliga o‘tish sharoitlarida investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, kelgusida investitsiyalarga paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan talab va uni jalb qilish imkoniyatlarni inobatga olgan holda investitsiya faoliyatining ko‘rsatkichlar prognoz dinamikasini variantli hisob-kitob va ssenariylarni shakllantirish, resurslarni tejash va innovatsion rivojlanish modeliga o‘tish sharoitida innovatsion salohiyatni rivojlantirish va innovatsiya infratuzilma elementlarini yaratish, ishlab chiqarishda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni amalga oshirish samaradorligini oshirishni inobatga olgan holda innovatsion faoliyatining prognoz dinamikasi ko‘rsatkichlari stsenariylari va variantli hisob-kitoblarini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotining yuqori texnologiyali tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalar va muammolarni tahlil qilish, mavjud zahiralarni aniqlash, rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va asoslash, mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish, zahilardan foydalanish hamda o‘rta va uzoq istiqbolida investitsiya va innovatsiya faoliyatini prognoz parametrlarga erishish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish va asoslab berish, mamlakatning faol investitsiya siyosatini rivojlantirish va davlat dasturlarni ishlab chiqishida ishtirok etish, davlat investitsiya siyosatining investitsiya faolligiga, shu jumladan xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalar jalb qilishga ta'sirini tahlil qilish va ushbu yo‘nalish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.