Makroiqtisodiy siyosat ko'rsatkichlarini monitoring qilish va asosiy yo'nalishlarni tahlil qilish bo'yicha guruh

Guruhning asosiy vazifalari: asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringini amalga oshirish, makroiqtisodiy tahlil hamda qisqa va o‘rta muddatli prognozlashtirish uchun funksional ma’lumotlar bazasini shakllantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida, budjet-soliq va pul-kredit siyosatining muvofiqligini hisobga olgan holda iqtisodiy siyosatning o‘rta va qisqa muddatli prognoz parametrlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, makroiqtisodiy siyosatning milliy iqtisodiyot, uning ayrim sohalari va hududlarini rivojlanishiga ta’sirini baholash, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy modellashtirish vositalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni joriy budjet-soliq siyosati bilan o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilish, budjet-soliq siyosati sohasidagi global iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi tashqi omillarni o‘rganish, makroiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‘liq holda O‘zbekistonda olib borilayotgan pul-kredit va valyuta siyosati rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini o‘rganish, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy siyosatini shakllantirish, alohida bir mamlakat yoki mamlakatlar guruhining makroiqtisodiy holatini, makroiqtisodiy siyosat vositalarini tahlil qilish, shuningdek, qisqa va o‘rta muddatli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish uchun makroiqtisodiy modellarni yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish, qisqa muddatli va o‘rta muddatli makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning eng dolzarb muammolari bo‘yicha qisqacha tahliliy materiallarni (sharhlarni) tayyorlash va taqdim etish.