Inson kapitali omilini tahlil qilish va prognozlash bo'yicha guruh

Guruhning asosiy vazifalari: Inson kapitali va uning tarkibiga kiruvchi tarmoqlar (sohalar)ni tahlil qilish va prognozlashning uslublarini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, ularni takomillashtirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy va kommunal xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarni rivojlanish konsepsiyalarini va strategiyalarini ishlab chiqishda qatnashish, ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlanishini monitoring qilish, tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlash, ustuvor yo‘nalishlarni ilmiy asoslash, demografik jarayonlar ta’sirini o‘rganish, kambag‘allikni monitoring qilish va so‘rovnomalar o‘tkazishda bevosita qatnashish, Institut va Markaz rahbariyati topshiriqlarini bajarish.