Inson kapitalini rivojlantirish va ijtimoiy tabaqalashuv masalalari bo'yicha loyiha

Loyihaning asosiy vazifalari: inson kapitali va uning tarkibiga kiruvchi tarmoqlar (sohalar) ni tahlil qilish va prognozlashning uslublarini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, ularni takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlanishini monitoring qilish, tarkibiy oʻzgarishlarni aniqlash, ustuvor yoʻnalishlarni ilmiy asoslash, demografik jarayonlar taʼsirini oʻrganish, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ijtimoiy tabaqalashuvni aniqlash metodologiyasini ishlab chiqish, daromadlar, isteʼmol, mulk va boshqa tabaqalashuv turlarini oʻrganish, ularni xavfsizlik indikatorlarini (miqdoriy koʻrsatkichlarini) aniqlash, barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalarini monitoring qilish va aholi turmush farovonligi boʻyicha xalqaro reytinglar tizimini tahlil qilish, ularni mamlakat sharoitida aniqlashni takomillashtirish va reytingini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, uy-joy va kommunal xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarni rivojlanish konsepsiyalarini va strategiyalarini ishlab chiqishda qatnashish.