Ijtimoiy tabaqalashuvni baholash va xalqaro reytinglarni tahlil qilish guruhi

Guruhning asosiy vazifalari: Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ijtimoiy tabaqalashuvni aniqlash metodologiyasini ishlab chiqish, daromadlar, iste’mol, mulk va boshqa tabaqalashuv turlarini o‘rganish, ularni xavfsizlik indikatorlarini aniqlash, boy, o‘rtahol va kambag‘al o‘rtasidagi mutanosibliklarni o‘rganish; so‘rovnomalarda qatnashish va samarali ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalarini monitoring qilish va aholi turmush farovonligi bo‘yicha xalqaro reytinglar tizimini tahlil qilish, ularni mamlakat sharoitida aniqlashni takomillashtirish va reytingini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Institut va Markaz rahbariyati topshiriqlarini bajarish.