Hududlarni kompleks rivojlantirish va salohiyatini oshirish masalalari bo'yicha loyiha

Loyihaning asosiy vazifalari: transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini shakllantirish, transport, logistika va tranzit salohiyatini hisobga olgan holda transport sohasidagi mavjud vaziyatni, tizimli muammolarni va raqobatbardoshlik darajasini chuqur tahlil qilish, transport-logistika sohasi rivojlantirishning maqsadli parametrlarini asoslash,  transport turlari bo’yicha sohani rivojlantirish maqsadlarini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar va mexanizmlarni ishlab chiqish, logistika, yo'l va transport infratuzilmasini rivojlantirish,  respublika uchun istiqbolli va foydali raqamli transport-tranzit yo'laklarni (koridorlarni) shakllantirish bo'yicha strategik yo'nalishlarni belgilash, logistika, yo'l va transport infratuzilmasini rivojlantirish, respublika uchun istiqbolli, daromadli, transport va tranzit raqamli yo'laklarni shakllantirishning o'rta va uzoq muddatli istiqbollari bo'yicha strategik yo'nalishlarni belgilash va shu asosda transport kompleksini takomillashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish,  xalqaro tajriba asosida respublikaning raqamli iqtisodiyotini shakllantirish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini aniqlash.