Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini tarkibiy o'zgartirish masalalari bo'yicha loyiha

Loyihaning asosiy vazifalari: ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligini, shu jumladan ularning samaradorligini tahlilini hisobga olgan holda, real sektor (sanoat) tarmoqlarining tendensiyalari, muammolari va tarkibiy o‘zgarishlarning zaxiralarini baholashga metodologik asoslari va uslubiy yondashuvlar ishlab chiqish va takomillashtirish, holatni baholash va iqtisodiyotning real sektori sanoat tarmoqlarining rivojlanishini prognoz qilish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va xalqaro tajribani hisobga olgan holda ulardan samarali foydalanish tizimini joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, uzoq va o‘rta muddatli istiqbolda tarkibiy o‘zgarishlar va sanoatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini prognoz qilish uchun ko‘rsatmalar va namunaviy vositalarni ishlab chiqish, iqtisodiyotning sanoat sektori rivojlanish darajasini monitoring qilish, “yashil iqtisodiyot” va energiya samaradorligining asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy qilish, monitoring qilish uslubini ishlab chiqish va amalga oshirishda xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlash, tovar bozorlarining holati va rivojlanish istiqbollarini baholash, tendensiyalar va muammolarni tahlil qilish, mavjud zaxiralarni aniqlash, paydo bo‘layotgan ichki va tashqi talabni hisobga olgan holda, real sektor (sanoat) tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni prognoz dinamikasi ko‘rsatkichlarini ssenariylari va variantli hisob-kitoblarini shakllantirish, ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligini oshirish, resurslarni tejaydigan rivojlanish modeliga o‘tish.