Hududlarni kompleks rivojlantirish bo'yicha yig'ma guruh

Guruhning asosiy vazifalari: ilgʼor xorijiy tajribani oʼrgangan holda hududlarning qisqa, oʼrta va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan strategik rejalashtirish hamda hududiy konsepsiyalar va dasturlarni shakllantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, iqtisodiyotda mintaqalararo nomutanosibliklarni kamaytirishni taʼminlashga yoʼnaltirilgan mintaqalarning kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, hududlarning makroiqtisodiy koʼrsatkichlarini, tarmoqlararo va hududiy nomutanosibliklarni chuqur tahlilini amalga oshirish va shu asosda mintaqalar iqtisodiyotini modernizatsiyalash, barqaror rivojlantirish va raqobatdoshligini oshirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish, hududlarning “nisbiy ustunliklari”ni inobatga olgan holda rivojlantirishga turtki beradigan yoʼnalishlarni aniqlash, hududlar iqtisodiyotini boshqarish va tartibga solish boʼyicha ilgʼor xorij tajribasini oʼrganish asosida hududiy boshqaruv tizimini takomillashtirish, mahalliy hokimliklarning hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faoliyati natijadorligini kompleks baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirish,  mahallabay ishlash orqali hududlarni  kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish, mintaqalarning muvozanatli va kompleks rivojlanishi boʼyicha tahliliy sharhlar, hisobot va prognozlar tayyorlash, tadqiqot natijalarini ommaviy axborot vositalari va ilmiy nashrlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislar, manfaatdor xalqaro tashkilotlar ishtirokida keng muhokama qilish.