Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududlarning salohiyatini kengaytirish bo'yicha guruh

Guruhning asosiy vazifalari: hududlarning investitsiya va mahalliy resurs salohiyatidan samarali foydalanish, kichik biznes va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada ragʼbatlantirish, investitsiya muhitini yaxshilashga yoʼnaltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, hududlarning  tabiiy-iqtisodiy salohiyatini chuqur tahlilini amalga oshirish va shu asosda ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, mintaqalarda barqaror rivojlantirish va raqobatdoshligini oshirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish, hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillarni aniqlash, hududlar iqtisodiyotini boshqarish va tartibga solish boʼyicha ilgʼor xorij tajribasini oʼrganish asosida hududiy boshqaruv tizimini takomillashtirish, mahallabay ishlash orqali ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududlar salohiyatini oshirish boʼyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish,  mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatinidan oqilona va samarali foydalanish boʼyicha tahliliy sharhlar, hisobot va prognozlar tayyorlash, tadqiqot natijalarini ommaviy axborot vositalari va ilmiy nashrlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislar, manfaatdor xalqaro tashkilotlar ishtirokida keng muhokama qilish.