Ma'muriy va xo'jalik faoliyati bo'limi

Bo‘limning asosiy vazifalari: institut faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslar bilan taʻminlash (zahira qismlar, asbob - uskunalar, xo‘jalik inventarlari va b.), xo‘jalik shartnomalarini tuzish, texnik vositalar bilan taʻminlash, xizmat ko‘rsatuvchi va taʻminotchi korxonalar bilan xo‘jalik aloqalarini kengaytirish choralarini ko‘rish, shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish, xizmat ko‘rsatuvchi va taʻminotchilar tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan talablarning buzilishida ularga nisbatan eʻtiroz bildirish va shartnomalarga o‘zgartirish kiritish, xo‘jalik omborlari ish faoliyatini tashkil etish, omborlarga qabul qilingan xo‘jalik va kanselyariya mollarini saqlash choralarini ko‘rish, ularni qayd qilish va hisobotlarni olib borish, ushbu mollar bilan institut bo‘linmalarini taʻminlash, moddiy boyliklarning xo‘jalik maqsadlarida samarali ishlatilishini nazorat qilib borish, moddiy boyliklar hamda institut xizmat va o‘quv xonalaridagi jihozlarni har yili ro‘yxatdan o‘tkazish.