Moliya va buxgalteriya hisobi bo‘limi

Bo'limning asosiy funksiyalari: toʼliq, ishonchli va oʼz vaqtida moliyaviy va boshqa buxgalteriya maʼlumotlarini tayyorlaydi, joriy aktivlar, majburiyatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, daromad va xarajatlar hamda xoʼjalik   faoliyati boʼyicha buxgalteriya hisobini yuritadi, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʼlar boʼyicha xarajatlar smetalarini ijrosiga doir buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, taqdim etilgan maʼlumotlar asosida byudjet soʼrovini ishlab chiqadi, Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan mablagʼlar boʼyicha oʼz faoliyati yuzasidan balans shakllantiradi, Institut boʼlinmalariga oʼz vakolatlari doirasida ogʼzaki maslahat, amaliy, tashkiliy va uslubiy yordam koʼrsatadi, Institut rahbariyati va kadrlar bilan ishlash boʼlimi  hamkorligida Institutning shtat jadvalini ishlab chiqadi, tegishli organlarda tasdiqlash va roʼyxatdan oʼtkazish uchun taqdim etadi, Institut byudjet smetalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash va tegishli organlarda roʼyxatdan oʼtkazishni nazarda tutadi, Xodimlar mehnatiga haq toʼlash va ragʼbatlantirish toʼgʼrisidagi Nizomlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.