Tahrir-nashriyot bo'limi

Bo‘limning asosiy vazifalari: mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar, amaliyotchilar tomonidan ilmiy, nazariy, amaliy-uslubiy sohalarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, erishilgan yutuqlarni davriy nashrda keng yoritib, milliy iqtisodiyot tizimiga yordam qilish; milliy kadrlar tayyorlash jarayoniga munosib hissa qo‘shish, dastavval mahalliy, istiqbolda esa xalqaro miqyosda iqtisodiyot sohasi mutaxassislari, institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, doktorantlar tomonidan iqtisodiy soha yo‘nalishida erishilgan ilmiy, nazariy va amaliy yutuqlar bilan tanishtirib borish, Institut doktorantlari hamda tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlari natijalarini ommalashtirish, Institut negizida ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy izlanishlar bazasini shakllantirib, rivojlantirish hamda bu borada erishilgan yutuqlarni keng tashviqot qilish, xorijiy mamlakatlardagi ixtisosligi aynan o‘xshash bo‘lgan muassasalar bilan faoliyati doirasida yaqindan hamkorlik qilish, tajriba almashtirib turish, xorij tajribasining yutuqlari asosida davlat boshqaruvi tizimini tizimli tahlil qilish va isloh etish masalalarini yoritish, ijtimoiy-iqtisodiy fan sohalariga turli xil ilg‘or nazariy va amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan ilmiy tadqiqot va tahlil uslublarini joriy etishga yordam qilish, Institutning,   ilmiy,  ashkiliy va   ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida,   turli anjuman va seminarlar materiallarini tayyorlashda ishtirok etish, Institut rahbariyati bilan kelishgan holda tasdiqlangan joriy va istiqboldagi rejaning bajarilishini ta’minlash.