Yuriskonsult

Asosiy vazifalari: Institutning huquqni qo'llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikning ta'minlanishini tashkil etish, Institut tomonidan ishlab chiqiladigan (qabul qilinadigan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish, Institutning norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash masalalarida uning bo'linmalari ishini muvofiqlashtirish, Institut xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda ishtirok etish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda etkazish, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da'vo ishlarini yuritish, institutning mulkiy va boshqa manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini ta'minlash.