Strategik rejalashtirish hamda makroiqtisodiy parametrlar prognozlarini ishlab chiqish masalalari bo'yicha loyiha
Loyihaning asosiy vazifalari: strategik rejalashtirish tizimining ilmiy-uslubiy asoslarini shakllantirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholining farovonligini oshirish uchun mamlakatning intellektual, texnologik va innovatsion salohiyatini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish, makroiqtisodiy siyosatning milliy iqtisodiyot, uning alohida sohalari va hududlarning rivojlanishiga ta’sirini baholash, prognozlashtirish va modellashtirishning zamonaviy vositalarini eng yaxshi xorijiy tajriba asosida ishlab chiqish, joriy iqtisodiy siyosat va iqtisodiy rivojlanishning global tendensiyalarini o‘rganish, iqtisodiy o‘sish omillari, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish shart-sharoitlari, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish uchun innovatsion manbalarni faollashtirish, tashqi omillarning milliy iqtisodiyotga ta’siri bilan bog‘liq holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozini ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotning o‘ziga xos shakllangan tarkibiy tuzilmasi va munosabatlarini inobatga olgan holda iqtisodiy siyosat parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognoz modellarini ishlab chiqish, foydalanuvchilar uchun prognozlashtirish va makroiqtisodiy tahlilning yangi usullarini ishlab chiqish, prognoz natijalarining sifati, ishonchliligi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida xorijiy ekspertlar va xalqaro tashkilotlar tahlillari, prognozlari va takliflaridan faol foydalanish, tasdiqlangan tadqiqot rejalariga, Institut rahbariyatining ko‘rsatmalariga muvofiq, vazirliklar, idoralar va respublika korxonalari bilan xo‘jalik shartnomalari asosida xorijiy moliya institutlari, tashkilotlari va muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot, tahliliy, uslubiy va boshqa ishlarni amalga oshirish.