PMTI “Uglerod izi kalkulyatori”ni ishlab chiqdi
10дек

Atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari miqdorining ortishi iqlim o‘zgarishining asosiy sabablaridan biridir. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va uy xo‘jaliklari buning asosiy manbalaridir. Aksariyat kalkulyatorlar aynan shuning uchun mazkur sohalarga o‘z e’tiborini qaratadi.

PMTI ekspertlari tomonidan fermerlar va dehqonlar uchun mo‘ljallangan “Uglerod izi kalkulyatori” ishlab chiqildi. “Uglerod izi” yillik chiqindilardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. Mazkur kalkulyatorda fermer yoki dehqon xo‘jaliklarida saqlanayotgan uy hayvonlarining chiqindilari, shuningdek, yonilg‘i va elektr energiyasini iste’mol qilganda hosil bo‘luvchi chiqindilar hisoblanadi (hisob-kitob namunalari ilovalarda keltirilgan).

Kalkulyator uglerod izini CO2 ekvivalentida tonnada hisoblaydi. Gazlar chiqindisi uy hayvonlari soni, emissiya koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan elektr energiyasi yoki yonilg‘i iste’moli hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Emissiya koeffitsiyenti mazkur faoliyat/jarayonning birlikka nisbatidan olingan o‘rtacha chiqindi darajasidir.  Masalan, tabiiy gazni yoqish chog‘ida hosil bo‘luvchi CO2 miqdori ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz hajmi (m3) va shunga mos emissiya koeffitsiyenti (kg CO2/m3) kabi hisoblanadi.

Hisob-kitob nima uchun aynan СO2 ekvivalentida amalga oshiriladi?

Gap shundaki, har bir issiqxona gazi har xil ta’sir qiladi. Shuning uchun hisob-kitobda qulay bo‘lishi uchun shartli o‘lchov birligi sifatida СO2 ekvivalenti tanlangan. Ushbu qiymat qancha miqdordagi “sof” СO2 atmosferaga chiqarilgan gazlar aralashmasi kabi iqlimga ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Masalan, azot chala oksidining bir tonnasi atmosferada 298 tonna СO2 100 yil davomida qancha issiqlikni tutib tursa, shuncha issiqlikni tutib turishini anglatadi.

Bugun dunyoda uglerod iziga miqdoriy baho berishning turli xil usullari mavjud, biroq ularning birontasi ham umume’tirof etilmagan. Ushbu usullarning har biri kiritilayotgan ma’lumotlar bo‘yicha har xil batafsillik darajasini talab qiladi va hisob-kitob ular asosida amalga oshiriladi. Mazkur ma’lumotlarning hajmi va batafsil ekanligi uglerod iziga miqdoriy baho berishdagi asosiy muammodir. Shuning uchun ham hisob-kitob uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni to‘plashning imkoni yo‘q.

PMTI ekspertlari “Uglerod izi kalkulyatori”ni ishlab chiqishda zavod sozlamalari bo‘yicha emissiya koeffitsiyenti, shuningdek, muqobil xizmatlar, mavzu bo‘yicha mos keluvchi har xil tadqiqot materiallari va ilmiy maqolalardan foydalanib, “IO‘HEG (Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi)ning issiqxona gazlari milliy inventarizatsiyasi boshqaruv qoidalari” usullariga asoslandi.

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IO‘HEG) 1988 yilda iqlim o‘zgarishi, uning sabablari, keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari va ko‘rish lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga oid  ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarga umumiy baho berish uchun tashkil qilingandi.

Foydalanilayotgan usul umumiy yondashuvga asoslanadi va u  O‘zbekistondagi fermer va dehqon xo‘jaliklarining uglerod iziga uy hayvonlari soni va iste’mol qilinayotgan yonilg‘i va elektr energiyasi bo‘yicha dastlabki bahoni berish imkoniyatini yaratadi.

“Uglerod izi” va “Uglerod neytralligi”nima?

“Uglerod izi” bu alohida inson, uy xo‘jaligi, tashkilot, tadbir chog‘ida yoki mahsulot tomonidan bevosita yoki bilvosita ishlab chiqarilgan jami issiqxona gazlaridir. Issiqxona gazlari, jumladan uglerod dioksidi (CO2) va metan (CH4) yerlarni tozalash, oziq-ovqat mahsulotlari, yonilg‘i ishlab chiqarish va iste’mol qilish, sanoat mahsulotlari, materiallar va yog‘ochni ishlab chiqarish va foydalanish, yo‘llar, binolarni qurish va foydalanish, transport va turli xil xizmatlardan foydalanish chog‘ida havoga chiqarilishi mumkin.

Olimlar gaz chiqindilarini uchta qamrov sohasida ajratadi.

Birinchi qamrov sohasi (1-soha) — bu ishlab chiqarish jarayonidagi bevosita chiqindilar.

Energiya iste’moli ikkinchi qamrov sohasiga mansub (2-soha).

Uchinchi qamrov sohasi (3-soha) tovarlar va mahsulotlar: hom ashyoni xarid qilish, yetkazib berish, sotish, foydalanish, utilizatsiya qilish va boshqalar, ya’ni ishlab chiqarish chiqindilariga bevosita aloqador bo‘lmagan butun boshli hayotiy siklni o‘z ichiga oladi.

Global ilish jarayonini sekinlashtirish uchun amosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari hajmini sezilarli darajada kamaytirish zarur. Ko‘plab mamlakatlar hozir aynan shuning uchun uglerod neytralligiga (chiqindilarni chiqarmaslikka) erishishni mo‘ljallayotganliklarini ma’lum qilmoqda.

“Uglerod neytralligi” ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga chiqarilgan butun uglerod dioksidi, ya’ni is gazi yoki uning muqobillari u yoki bu korxona (uy xo‘jaligi) tomonidan uglerod-negativ loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga kompensatsiya qilinishini bildiradi, ya’ni bunda atmosferadagi is gazi yutiladi. Bu ko‘chat o‘tqazish, o‘rmon massivlarini barpo qilishga qaratilgan ishlar yoki havodagi metanni yig‘ishtirib oluvchi uskunani ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida ekologik va yanada samarali usullarni qo‘llash bilan bog‘liq loyihalar bo‘lishi mumkin.

Uglerod neytralligiga erishishning uchta asosiy chorasi:

1. Atmosferaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarilayotgan chiqindilarni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari – gidrogeneratsiya, Quyosh energiyasi, shamol energiyasiga o‘tish (Scope 1 va 2).

2. Havoni CO2 dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tozalash.

3. Havoga chiqarilayotgan is gazini kamaytiruvchi loyihalarga investitsiya kiritish orqali uning o‘rnini kompensatsiyalash.

Dunyo mamlakatlarining hukumatlari uglerod neytralligiga erishishda asosiy rol o‘ynaydi. Aynan ular havoga chiqarilayotgan issiqxona gazlari hajmini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beruvchi qaror va qonunlarni qabul qilishi va ularning bajarilishi yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi darkor.

Bunda oddiy ishchi bo‘ladimi yoki korxona sohibi, ferma bo‘ladimi yoki dehqon xo‘jaligi, oddiy fuqarolar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda faol ishtirok etishi darkor. Har kim o‘z odatlarini, hayot tarzini o‘zgartirishi va “yashil texnologiyalar”ni tanlashi hamda shu orqali o‘z uglerod izini kamaytirishi mumkin.

Fermer va dehqon xo‘jaliklarining chiqindilarini hisoblashga misollar (Yiliga СО2 ekvivalentida tonna)

1-misol

2-misol

3-misol

Maqolani yuklab olish