O'zbekiston 2019-2022-yillarda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha eng katta yutuqlarga erishgan 10 ta davlat orasida birinchi o'rinni egalladi
30сен

Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi Economist Intelligence Unit tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, va har yili yangidan tuziladi. 2022-yilning 20-sentyabrida indeksning o'n birinchi nashri chiqdi. GFSI 113 mamlakatda oziq-ovqatning hamyonbopligi, mavjudligi, sifati va xavfsizligi, shuningdek, tabiiy resurslar va barqarorlik masalalarini ko‘rib chiqadi.

O‘zbekiston GFSI 2022 da 113 ta mamlakat ichida 73-o‘rinni, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 23 ta davlat orasida maksimal mumkin bo‘lgan 100 balldan 57,5 ball to‘plagan holda, 16-o‘rinni egalladi. Bu, indeks ishlab chiquvchilari ma’lumotlari bo‘yicha, O'zbekistonga oziq-ovqat xavfsizligi zaif mamlakatlar toifasidan oziq-ovqat xavfsizligi mo‘tadil mamlakatlar toifasiga otish imkonini berdi.

Keling, 2019-2022 yillarda GFSI reytingida O‘zbekistonning o‘rni qanday o‘zgarganini batafsil ko‘rib chiqaylik.

1-jadval.

2019-2022 yillarda GFSI indeksi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishgan 10ta mamlakat

2022

 

2019

2022

 

o‘rin

 

Ball

Ball

Δ

73

O'zbekiston

51.4

57.5

+6,1

=41

Saudiya Arabistoni

65,0

69.9

+4,9

29

Bolgariya

68.2

73,0

+4,8

88

Ruanda

47,0

50.6

+3,6

58

Gvatemala

59.7

62.8

+3.1

=108

Madagaskar

37.6

40.6

+3,0

54

Argentina

62.3

64.8

+2,5

18

Kosta-Rika

74.9

77.4

+2,5

71

Ukraina

55.5

57.9

+2,4

4

Fransiya

77.9

80.2

+2,3

Manba: Muallif tomonidan tuzilgan https://impact.economist.com/sustainability/project/food-security-index

Birinchi navbatda, reyting mualliflarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ozbekiston 2019-2022-yillarda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash boyicha katta muvaffaqiyatga erishgan 10 ta mamlakat ichida birinchi orinni egalladi va shu davrda o‘z ko‘rsatkichini 6,1 pog‘onaga yaxshiladi. Bu esa mamlakatga umumiy reytingda 85-oʻrindan 73-oʻringa koʻtarilish imkonini berdi (1-jadval ).

Tahlil etilayotgan davrda O‘zbekistonning asosiy yutuqlari qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish joiz:

“Iqtisodiy foydalana olish imkoniyati” toifasida O‘zbekiston 18 pog‘ona ko‘tarildi. Bu quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholarning yaxshilanishi bilan bog'liq:

  1. Oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha qiymatining o‘zgarishi O‘zbekiston yillik oziq-ovqat iste’mol narxlari indeksini 2018-yildagi 20,1 foizdan 2021-yilda 14,3% gacha yaxshilagan holda 9 pog‘ona yuqori ko‘tarildi,;

  2. Qishloq xo'jaligi savdosi O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z o‘rnini 51 pog‘onaga ko‘tardi. Bunga qishloq xo'jaligi mahsulotlari importi o'rtacha tarifining 2015-yildagi 19,1 foizdan 2020-yilda 11,4% gacha pasaytirilishi, shuningdek, savdo erkinligi ko'rsatkichlarining yaxshilanishi hisobiga erishildi.

Tahlil etilayotgan davrda “Sifat va xavfsizlik” toifasida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 3 pog‘onaga yaxshiladi. Ushbu o'sish quyidagi ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi tufayli ta’minlandi:

  1. Oqsil sifati – aholining oziq-ovqat ratsionida yuqori sifatli oqsil miqdorini 2011-2013 yillardagi 62,5 gr dan 2016-2018 yillarda 71,4 gr gacha ko‘paitirish orqali O‘zbekiston o‘z o‘rnini 10 pog‘onaga oshirdi;

  2. Parhez xilma-xilligi O‘zbekiston o‘z mavqeini 6 pog‘onaga yaxshiladi. Bunga aholining shakar iste'molini kamaytirishi orqali erishildi. Shakarni iste'mol qilish ulushi 2018-yildagi 7,1% dan 2019-yilda 6,1% ga tushdi;

  3. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston 3 pog‘onaga ko‘tarildi. Bu muvaffaqiyatga oziq-ovqat xavfsizligi mexanizmlari ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi sabab erishildi.

“Barqarorlik va moslashish” toifasida reyting ishlab chiquvchilari O‘zbekiston uchun ballni yaxshilab, unga 11,8 ball qo‘shgan. Bu esa O‘zbekistonga 2019-2022 yillarda ushbu toifa bo‘yicha reytingda 36 pog‘onaga ko‘tarilish imkonini berdi. Baholashning o‘zgarishi ikkita ko‘rsatkichning yaxshilanishi bilan bog‘liq:

  1. Moslashishga siyosiy yondashuv – O‘zbekiston o‘z o‘rnini 23 pog‘ona ko‘tardi. Bunga iqlim bilan bog‘liq moliyalashtirish oqimlarining 2016-yildagi aholi jon boshiga 4,27 dollardan 2019-yilda 66,4 dollarga oshgani, shuningdek, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi orqali erishildi.

  2. Tabiiy ofatlar xavfini boshqarish O‘zbekiston o'z o‘rnini 37 pog‘onaga yaxshiladi. Bunga mahalliy boshqaruv organlarining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha milliy strategiyalarga muvofiq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha mahalliy strategiyalarni qabul qilish va amalga oshirishga 2018-yildagi harakatsizlikdan 2021-yilda 100% jalb etilishi tufayli erishildi.

Milliy darajada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va kelgusida O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilash uchun birinchi navbatda eng “og‘riqli” nuqtalarga – O‘zbekiston eng past baholarga ega ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratish lozim:

Qashshoqlik chegarasidan past bo‘lgan aholi ulushi (XQP-xarid qobiliyati pariteti 2011-bo'yicha kuniga $3,20 dan kam daromadli aholining foizi). Ishlab chiquvchilar Jahon bankining ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni olishgan. Bu yerda O‘zbekiston uchun oxirgi baholash 2003-yilda o‘tkazilgan. Bu kambag‘allikni baholash milliy tizimini tasdiqlash va har yili baholash zarurligini ta’kidlaydi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha tannarxidagi o‘zgarishlar. Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori narxlari saqlanib qolishi O‘zbekiston ichki bozorida oziq-ovqat narxlariga ta’sir o‘tkazishda davom etadi. Bu, birinchi navbatda, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli. Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq holatni rivojlantirish va yaxshilash, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida bundan keyin ichki bozorda oziq- ovqat mahsulotlari takifini oshirish taklif etiladi. Buni o‘zimizda yetishtirish mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek, maqbul narxlarda importni koʻpaytirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga, ayrim tovarlar (bug'doy, go'sht, o'simlik yog'i) ni etkazib berishning bir mamlakatdan - an'anaviy yetkazib beruvchiga qaramligini bosqichma-bosqich bartaraf etish kerak, ya'ni etkazib berishning diversifikatsiyasini ta'minlash va importning eng maqbul yo'nalishlarini ishlab chiqish.

Ovqatlanish boyicha milliy korsatmalar. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ballni yaxshilash uchun Ovqatlanish bo'yicha milliy ko'rsatmalarni ishlab chiqish va nashr etish, shuningdek, muvozanatli va to'yimli ovqatlanish haqida ma'lumotni (televidenie, radio, internet orqali) muntazam ravishda tarqatish bo‘yicha ma’rifiy kampaniyalarni o‘tkazish kerak.

Ozuqaviy qiymatlarni markalash. Ushbu ko'rsatkich bo‘yicha baholarni yaxshilash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining inson salomatligi uchun xavfsiz yoki zararli ekani, ularning tarkibidagi tuz, shakar va yog' miqdorini ko'rsatadigan belgilar bilan majburiy markalashni joriy etishni jadallashtirish kerak. Hozir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4887-son qaroriga asosan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab majburiy markalashni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Qurg‘oqchilik. Oʻzbekiston qurgʻoqchilik tez-tez uchraydigan qurgʻoqchil va yarim qurgʻoqchil yerlar zonasida joylashgan. Qurg‘oqchilik xavfini yumshatish uchun irrigatsiya va drenaj tizimlarini tozalash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, qurg‘oqchilikka chidamli ekin navlarini ekishni keng joriy etish va suvni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish zarur.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun suv bo‘yicha xavf – bu unung sifati. Oʻzbekistonda sugʻorishda foydalaniladigan suvning tanqisligi va ichimlik suvi sifatiga katta eʼtibor qaratilmoqda, biroq ayni paytda sugʻorish suvi sifati masalalari deyarli muhokama qilinmayapti. Biroq, sug'orish uchun suvning sifati sug'orish tizimini tashkil etishda asosiy omil hisoblanadi. Bu yashil ekinlarning o'sish sur'atiga, hosildorlikka, shuningdek, sug'orish tizimining ishlashiga bevosita ta'sir qiladi. Oʻsimliklarning oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi taʼsirlarni bartaraf etish maqsadida suvning ifloslanish darajasini aniqlash va keyinchalik suvni tozalash uchun sugʻorish suvi sifatini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish tavsiya etiladi.

 

Darya Ilina,
PMTI loyiha rahbari

Aleksey Kim,
PMTI katta ilmiy xodimi