Qiyosiy ustunlik nuqtai nazaridan investitsiyalar uchun eng jozibador tarmoqlarni aniqlash
26авг

Dolzarblik

Ayni paytda, sarmoyalarni qaysi sohalarga yo‘naltirish zarurligi masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda - bir tomondan, ko‘proq foyda olish uchun, ikkinchi tomondan - O‘zbekistonni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishish.

Investorlar uchun potensial jozibador bo‘lish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitiga ega bo‘lishdan tashqari, sanoat sohalari ma’lum qiyosiy afzalliklarga ega bo‘lishi kerak.

Sanoatning eng jozibador tarmoqlarini aniqlash va investitsiyalar kiritishga ko‘rsatmalar berish uchun, ishlab chiqarish tarmoqlarining qiyosiy afzalliklari, shuningdek, ushbu afzalliklarni oldindan belgilab beruvchi omillar aniqlandi.

 

Sanoat sohasining ikki guruhi

Tadqiqot natijasida ikkita sanoat guruhi aniqlandi (1-jadval):

Birinchi guruh - xalqaro savdoda qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan va investitsiyalardan darhol daromad olishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar majmui.

Ikkinchi guruh rivojlanish potensialiga ega bo‘lgan, lekin investitsiyalardan ma’lum sharoitlarda daromad oladigan tarmoqlarni ifodalaydi.

 

Bu ichki va jahon narxlarida hisoblangan yalpi mahsulot (YaHM)dagi qo‘shilgan qiymat (QQ) ulushining olingan nisbatlaridan kelib chiqadi. Hisob-kitoblar uchun har bir ko‘rib chiqilayotgan soha uchun asosiy mahsulotlar tanlangan. Birinchi guruh uchun jahon narxlarida hisoblangan mahsulot yalpi ichki mahsulotidagi ulushining qiymati xuddi shu ko‘rsatkichning ichki narxlarda hisoblangan qiymatidan yuqori (tarmoqning yakuniy mahsuloti va ishlab chiqarish uchun moddiy resurslar). Ikkinchi guruh tarmoqlari uchun esa buning aksi (ilovadagi baholash metodologiyasiga qarang).

 

 

1-jadval. Baholashlar o‘tkazilgan sanoat guruhlari va asosiy vakil-mahsulotlari

 

I-guruh

II-guruh

To‘qimachilik sanoati (paxta tolasi,

paxta iplari, paxta matolari)

 

Kiyim-kechak ishlab chiqarish

(trikotaj yoki to‘qima kiyimlar,

trikotaj ichki kiyim)

 

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish

(sut va sut mahsulotlari, don

konservalangan meva va sabzavotlar)

 

Elektr jihozlarini ishlab chiqarish

(elektr taqsimlash kommutatorlari,

transformatorlar)

Kimyo sanoati (azotli o‘g‘itlar (karbamid, ammiakli selitra) va kaliyli o‘g‘itlar)

 

Qora metallurgiya

(ishlatishga tayyor prokat)

 

Qurilish materiallari ishlab chiqarish (sement,

yig‘ma temirbeton konstruksiyalar)

 

Tarmoqlarning qiyosiy ustunliklarini belgilovchi omillar

Birinchi guruh tarmoqlari uchun yuqorida ko‘rsatilganidek, ichki narxlarda hisoblangan QQning YaIMdagi ulushi jahon narxlarida xuddi shu ko‘rsatkichdan past (to‘qimachilik sanoati misoliga qarang, 1-rasm).

 

1-rasm. YaIMdagi QQ ulushi qiymatlarining nisbatiga misol

Paxta ipi

 

Paxta matolari

 

Manba: hisob-kitoblar “O‘zto‘qimachiliksanoat” AJ; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi; Yevrostat ma’lumotlari asosida.

Eslatma: 1-jadvalda keltirilgan barcha mahsulotlar uchun analogik baholashlar o‘tkazildi.

 

Birinchi guruh tarmoqlarining qiyosiy afzalliklari qanday omillar bilan belgilanadi?

Ish haqi

Mehnat xarajatlari qo‘shilgan qiymat elementlaridan biridir. Shunga ko‘ra, yuqoridagi koeffitsient qisman O‘zbekistonda ishchi kuchi boshqa mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada arzonligi bilan ham bog‘liq. Bundan kelib chiqadiki, ushbu tarmoqlarda mehnat xarajatlari ham raqobatdosh mamlakatlarga nisbatan past. Ushbu guruhdagi ko‘plab sohalar ko‘p mehnat talab qiladigan ekanligini hisobga olsak, ushbu xarajat moddasiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Masalan, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida ish haqi shunga o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan boshqa mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada past (2 va 3-rasm).

2-rasm. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘rtacha oylik

 nominal ish haqi (AQSh dollari, 2020 yil uchun)

 

3-rasm. Kiyim-kechak ishlab chiqarishda o‘rtacha oylik

nominal ish haqi (AQSh dollari, 2020 uchun)

 

Manba: UNIDO ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblar.

 

Potensial bozorlar

Ichki bozorning potensial jozibadorligi aholi sonining yillik o‘sishi va iste’mol tovarlari – oziq-ovqat, to‘qimachilik va kiyim-kechaklarga bo‘lgan talabning tobora ortib borishi bilan bog‘liq. Mamlakatimiz hududlarida energetika tizimini izchil rivojlantirish, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish istiqbollari hisobiga elektr jihozlariga bo‘lgan ichki talab ham ortadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi bozorlarni zabt etish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. O‘zbekistonning sanoat tovarlariga tashqi talabning yil sayin ortib borayotgani buning dalilidir. Shunday qilib, so‘nggi besh yilda to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak eksporti qariyb ikki baravar oshdi. Shu bilan birga, tayyor kiyim-kechak eksporti 3 baravar oshdi. Xuddi shu kabi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr jihozlar va ehtiyot qismlarga bo‘lgan tashqi talab 2,1 baravar ortib bormoqda.

 

Mavjud xom ashyo

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun paxta yetishtirish bo‘yicha yetarli salohiyatga ega.

Oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarishda ham O‘zbekistonda xom-ashyo salohiyati mavjud. Meva-sabzavot ekinlari yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirishga qaratilgan siyosat bu xom-ashyoni yanada foydalanishga qulayroq qilmoqda. Meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish uchun qulay agroiqlim sharoitlari muhim omil hisoblanadi. Mamlakatda yil davomida turli xil meva va sabzavotlar yetishtiriladi. O‘zbekiston iqlimi ko‘p viloyatlarda yiliga ikki, ayrim janubiy viloyatlarda esa uch marta sabzavot hosilini olish imkonini beradi.

O‘zbekistonda elektr jihozlari butlovchi qismlarini ishlab chiqarish uchun mis xom-ashyosining keng, arzon bazasi mavjud. So‘nggi 5 yil ichida mamlakatda mis ishlab chiqarish hajmi qariyb 1,5 baravar oshdi. Ushbu resursning aksariyati xom-ashyo sifatida eksport qilinadi, bu esa foydalanilmagan katta potensial mavjudligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, jahon bozorida misning narxi doimiy ravishda o‘sib bormoqda (so‘nggi uch yil ichida jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 40 foizdan ortiq). Bu esa o‘z zaxirasiga ega bo‘lgan O‘zbekistonning mavqeini yanada manfaatli qiladi.

Ikkinchi guruh tarmoqlari uchun ichki narxlarda hisoblangan QQning YaMdagi ulushi jahon narxlarida xuddi shu ko‘rsatkichdan yuqori (kimyo sanoati misoliga qarang, 4-rasm).

 

4-rasm. Kimyo sanoatida YaMdagi QQ ulushi qiymatlarining nisbatiga misol

Karbamid

Amoniy nitrati

Manba: «Uzkimesanoat» AJ; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi; Yevrostata; U.S. Geological Survey, Mineral Commodity Summaries, January 2022; World Bank Commodity Price Data, August 03, 2021.

 

Tahlil shuni ko‘rsatdiki, shunga o‘xshash nisbatlar asosan energiyani ko‘p talab qiladigan tarmoqlar uchun xarakterlidir: kimyo, qora metallurgiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish. Shunga ko‘ra, ichki narxlarda qo‘shilgan qiymatning tashqi narxlardagi qo‘shilgan qiymat ulushiga nisbatan yuqori ulushi energiya xarajatlarining nisbatan pastligiga (resurslar birligi xarajatlarining bir xil darajasi bilan, ya’ni texnologiyaning rivojlanish darajasi bilan) bog‘liq.

Boshqacha qilib aytganda, ushbu tarmoqlarning hozirgi ustunligi energiya narxining nisbatan pastligi bilan bog‘liq. Biroq, bu afzallik bozordan tashqari omillarga, ushbu holatda, sun’iy cheklash va energiya narxini subsidiyalash orqali asoslanadi.

Kelajakda siyosatchilar qanday choralarini qo‘llash rejalashtirilganligini bilib, ma’lum bir mahsulot guruhining raqobatbardoshligi qanday o‘zgarishini taxmin qilish mumkin. Xususan, liberallashtirish va O‘zbekistonning bozor relslariga bosqichma-bosqich o‘tishi sharoitida ushbu tarmoqlar katta ehtimol bilan raqobatbardosh bo‘lmaydi. Yaqin istiqbolda texnologiklikning hozirgi darajasini saqlab qolgan holda, ular raqobatbardosh ustunliklarini yo‘qotishi mumkin.

Shunday qilib, O‘zbekiston resurslar narxini belgilashning yangi tizimiga o‘tganda texnologik siyosatni takomillashtirish va mahsulot birligiga resurslar sarfini sezilarli darajada kamaytirish sharti bilan ushbu tarmoqlarga qo‘yilgan sarmoyalar daromad keltiradi.

Shunday qilib, ushbu tarmoqlarga investitsiyalar, birinchi navbatda, kelajakda resurslarning o‘sishini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish birligining yuqori xarajatlarini kamaytirish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va uskunalarni yangilashga yo‘naltirilishi kerak.

 

 

Ilova

Ko‘rsatkichlarni hisoblash algoritmi

  1. Birinchi qadam mahsulot ishlab chiqarish hajmini (yalpi mahsulot) qiymat ko‘rinishida (jahon / ichki narxlarda) hisoblashdir:

 

Qw/d=Qn* Pnw/d

bu yerda:

Qn  – fizik jihatdan ishlab chiqarish hajmi;

Pnw/d  –    mahsulot birligi narxi (jahon/ichki narxlarda).

 

2) Undan keyin, n mahsulot ishlab chiqarish uchun i resurs (xom ashyo, elektr energiyasi va boshqalar) iste’moli hajmi hisoblanadi:

Ci= UCi* Qn

bu yerda:

UCi  – n mahsulot birligiga i resurs iste’moli.

 

3) n mahsulot ishlab chiqarish uchun umumiy moddiy xarajatlar (jahon / ichki narxlarda) hisoblanadi:

Mw/d= ∑(Ci* Piw/d)

bu yerda:

Piw/d     resurs birligi narxi (jahon /ichki narxlarda).

 

4) Keyingi qadam qo‘shilgan qiymat miqdorini hisoblash (jahon / ichki narxlarda):

VAw/d= Qw/d- Mw/d

 

5) Oxirgi qadam qo‘shilgan qiymatning yalpi mahsulotdagi ulushini hisoblash (ichki / jahon narxlarida):

Sw/d=VAw/dQw/d

 

 

Zulfiya Kostyuchenko
PMTI loyiha rahbari