O'zbekiston uchun frilans bozoriga kirish istiqbollari
28ноя

Bugun davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu fuqarolari uchun munosib hayotni ta’minlashdir. Turmush darajasini yaxshilash va o‘rta qatlam ulushini oshirish bo‘yicha oldinga qo‘yilgan vazifani bajarishdagi eng muhim omil bu aholi bandligini ta’minlashdir. Chunki bu davlat byudjetiga tushadigan ijtimoiy zo‘riqishni kamaytiradi va mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar o‘rtasida kambag‘allik darajasini pasaytiradi.  

Iqtisodiyotning bugungi rivojlanish bosqichida bandlik bilan bog‘liq muammoni, yangi bandlikning ilg‘or shakli – masofadan turib ishlash orqali  hal etish mumkin. Zamonaviy bandlikning bu shakli turli xil nomlar bilan ataladi, ya’ni internet orqali ishlash, uzoqdan turib ishlash yoki frilans (inglizcha. freelance – «erkin rassom», shtatdan tashqari xodim, erkin professional).

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonning frilans bozoriga chiqish imkoniyatlarini baholadi.

Tadqiqot davomida 2015-2021 yillarda O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik indeksi hisoblab chiqildi va quyidagi asosiy natijalar olindi:

1. Tadqiq etilayotgan davrda indeks qiymati 43,9 dan 59,9 gacha ko‘tarildi.

2. Bu vaqt oralig‘ida infratuzilmalarning rivojlanish ko‘rsatkichi 38,0 dan 64,2 gacha ko‘tarildi va u indeksning ortishiga eng katta hissa qo‘shdi. 

3. Eng katta o‘sish ma’lumotlarni uzatish xalqaro tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik imkoniyati (74,7 marotaba) va masofaviy bank xizmatlari tizimlaridan foydalanuvchilar (jismoniy shaxslar) soni (20,2 marotaba) kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha qayd etildi. 

4. O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik darajasiga oliy ta’lim bilan qamrab olish (3,8 marotaba), internetdan foydalanuvchilar soni (2,4 marotaba) kabi ko‘rsatkichlarning ortishi, provayderlar uchun internet-xizmatlar (tashqi kanal) uchun tariflar qiymati ko‘rsatkichning pasayishi (86,4 marotaba) ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Upwork frilans platformasi hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda frilanserlarga bo‘lgan talabning kattagina qismi ( taxminan 50%) hamon kichikroq va o‘rtacha kapital aylanishiga ega bo‘lgan kompaniyalarning ulushiga to‘g‘ri keladi. Biroq, Fortune 500 ro‘yxatidagi (ro‘yxatda Amazon, Apple, Microsoft, Facebook, PepsiCo va boshqa kompaniyalar bor) yirik kompaniyalarning 33 foizi o‘z ishini autsorsingga berish uchun frilanserlar birjasiga murojaat qilmoqda.

2021-yilda nafaqat xarajatlarni kamaytirish va alohida loyihalardagi ehtiyoj, balki keng ekspertizadan foydalanish imkoniyatlarining ortishi ham frilanserlarni jalb qilishdagi birlamchi sababga aylandi. 

Global frilans bozori rivojlanishining istiqbollari haqida to‘xtalganda, Upwork kompaniyasi fikricha, kompaniyalarning operatsion xarajatlarni kamaytirish va biznesning moslashuvchanligini ta’minlashga intilishi tufayli frilans bozorida yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoladi. Prognozlarga ko‘ra, 2025-yilga borganda global frilans bozorining hajmi 13,84 trillion AQSH dollariga yetadi.

Shunday qilib, 2021-yilda frilanserlar va jamoalar mustahkamlandi va oyoqqa turdi. Endi frilans hamma joyda yanada kuchayadi va yanada mustahkamlanadi. Frilanserlar foizi ham tez sur’atlar bilan oshadi va shtatdagi xodimlari strategik vazifalar bilan shug‘ullanadigan, qolgan barcha ishlarni autsorsingga beradigan kompaniyalar kelajak kompaniyalariga aylanadi.  

Dunyo frilans bozorining tez sur’atlar bilan rivojlanishi unga O‘zbekistonning ham kirishi zarurligidan dalolat beradi. Bu masala qancha uzoq cho‘zilsa, mamlakatimiz shuncha ko‘p imkoniyatni qo‘ldan boy beradi. Hozirgi vaziyatni inobatga olganda mamlakat hukumati tomonidan frilans bozori faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.

O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar (frilanserlar) ning huquqiy maqomi yaqinda qonuniylashtirildi va soddalashtirildi. O‘zbekistonda frilanserlar faoliyatini davlat me’yoriy aktlari[1] bilan qonuniylashtirish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Mehnat guvohnomalarining joriy etilishi rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan yashirin iqtisodiyotda band bo‘lgan fuqarolarning mehnatini qonuniylashtirishga qaratilgan.

Frilanserlarni guvohnomani rasmiylashtirish uchun rag‘batlantirish maqsadida o‘zini-o‘zini band qilgan davr mehnat stajiga qo‘shiladi va bu kelgusida unga pensiya ta’minotidan foydalanish imkoniyatini beradi.

2020-yilning iyun oyida Prezident tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi[2]. Ushbu qaror doirasida o‘zini o‘zi band qilganlar uchun kasblar ro‘yxati 24 tadan 67 tagacha kengaytirildi. Mazkur kasblarda o‘zini o‘zi band qilganlar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.

Shuningdek, frilanserlar bugun quyidagi huquqlarga ega:

- Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborotlar tizimiga tegishli ma’lumotni kiritmasdan banklardagi hisob raqamlari orqali xorijiy valyutadagi to‘lovlarni qabul qilish;

- ochiq oferta yoki hisob-faktura (jumladan elektron ko‘rinishda) asosidagi shartnomasiz xorijliklarga xizmat ko‘rsatish.

Ayni chog‘da O‘zbekistonning dunyo frilans bozoriga qanchalik muvaffaqiyatli kira olishi juda muhim masala hisoblanadi. Mamlakatning imkoniyatlarini baholash uchun Jahon bankining moslashtirilgan usulidan foydalanildi . Mazkur usul birlamchi manbadan zamonaviy ko‘rsatkichlardan foydalanilgani, shuningdek, indikatorlar O‘zbekiston milliy statistika bazasidagi ma’lumotlarga moslashtirilgani bilan farq qiladi.

O‘zbekistonning jahon frilans bozoriga kirishga tayyorlik indeksi 2015-2021 yillar uchun shu tariqa hisoblandi. (1-jadvalga qarang)

1-jadval. O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik indeksi*

Ko‘rsatkichlar

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

Ishchi kuchi

34,2

39,8

47,1

53,3

58,4

56,7

60,6

Shahar aholisi

43,4

46,8

49,9

41,5

44,0

53,9

70,5

O‘zbekiston Respublikasidagi kam ta’minlangan aholi ulushi

66,9

58,7

52,1

43,9

37,4

45,6

45,6

Ishsizlik, jami

39,8

39,8

47,3

47,8

48,0

62,9

64,4

Yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik

39,8

39,2

48,8

48,0

47,3

63,5

63,5

Internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni

36,1

39,5

44,1

53,5

57,0

57,9

61,8

O‘rta umumta’lim maktablari bilan qamrab olish koeffitsiyenti (5-9 sinflar)

48,5

52,2

46,0

35,1

43,3

62,4

62,5

O‘rta-maxsus ta’lim bilan qamrab olish koeffitsiyenti (kollej i litseylar)

61,1

61,5

57,1

49,8

42,3

39,1

39,1

Oliy ta’lim bilan qamrab olish koeffitsiyenti

41,5

41,9

43,5

46,4

50,6

57,3

68,8

1-blok, ya’ni “Iste’dodlarning borligi va sifati” bo‘yicha yakuniy natija

45,7

46,6

48,4

46,6

47,6

55,5

59,7

Hisoblangan bir oylik o‘rtacha nominal ish haqi (so‘m)

40,2

41,8

42,6

46,6

53,2

58,8

66,8

Hisoblangan bir oylik o‘rtacha nominal ish haqi (AQSH dollari)

65,0

63,0

45,4

39,4

43,4

44,7

49,2

Provayderlar uchun internet xizmatlari (tashqi kanal) tariflari qiymati (AQSH dollari)

31,6

42,0

48,8

55,1

57,1

57,6

57,9

2-blok, ya’ni “Xarajatlar” bo‘yicha yakuniy natija

45,6

48,9

45,6

47,0

51,2

53,7

57,9

Aholining internet bilan ta’minlanganligi (100 kishiga)

37,8

40,6

43,9

48,4

54,9

62,2

62,2

Aholining shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanganligi (100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar soni)

38,7

42,1

43,7

47,1

52,1

60,7

65,6

Aholining mobil telefonlar bilan ta’minlanganligi (100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar soni)

36,8

41,4

45,7

47,7

55,5

57,3

65,6

Ma’lumotlarni uzatish xalqaro tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik imkoniyati (Gbit/s)

39,0

39,2

39,8

58,0

58,0

58,0

58,0

Yuqori tezlikka ega internetdan foydalanuvchi abonentlar soni (100 kishiga)

32,8

41,7

46,7

53,7

57,4

58,8

58,8

Asosiy mobil aloqa stansiyalari soni

40,5

42,0

44,2

48,2

50,1

55,6

69,4

Mobil aloqa abonentlari soni

39,8

41,4

44,0

48,5

51,1

56,8

68,4

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasi iste’moli (ming kVt.S)

37,8

37,8

50,0

50,0

50,0

62,2

62,2

Elektr stansiyalarining belgilangan quvvati (MVt)

36,9

43,3

45,3

44,0

56,7

61,9

61,9

Muomaladagi bank plastik kartalari soni (dona)

39,2

46,5

45,8

42,3

48,8

60,8

66,6

Masofaviy bank xizmatlaridan foydalnuvchilar (jismoniy shaxslar) soni (kishi)

39,2

40,6

44,1

49,1

51,8

58,2

67,0

3-blok, ya’ni “Infratuzilmalar” bo‘yicha yakuniy natija

38,0

41,5

44,8

48,8

53,3

59,3

64,2

Yuridik huquqlarning kuch indeksi

50,0

50,0

50,0

50,0

50,0

50,0

50,0

Yollana ishchilar, jami

34,1

40,5

46,3

52,4

58,9

58,9

58,9

Kompyuter, kommunikatsiya va boshqa xizmatlar (tijorat xizmatlari eksportida %)

55,1

56,7

47,3

37,9

35,2

58,8

58,8

Ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi (ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmida %)

54,4

52,3

60,9

59,8

33,2

47,9

41,4

AKT tovarlari eksporti (tovarlarning umumiy eksporti hajmida %)

39,2

36,9

47,7

49,3

52,9

64,5

59,5

AKT xizmatlari eksporti (xizmatlar eksportining umumiy hajmida %)

44,2

41,3

51,3

44,8

42,4

68,7

57,4

4-blok, ya’ni “Qulay sharoitlarni yaratish” bo‘yicha yakuniy natija

46,2

46,3

50,6

49,0

45,4

58,1

54,3

Jamlangan indeks

43,9

45,8

47,4

47,9

49,4

56,7

59,0

Eslatma:* jadvaldagi ma’lumotlar o‘zgartirilgan ko‘rinishda keltirilgan.
Manba: muallif hisob-kitoblari.

Mamlakatda ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik indeksi 43,9 dan 59,0 gacha ko‘tarildi. Bunga 3-blok ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi eng ko‘p ta’sir qildi. Demak, “Infratuzilmalar” blogi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 38,0 dan 64,2 ga ko‘tarildi. Ma’lumotlarni uzatish xalqaro tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik imkoniyatining 74,7 marotaba (2015-yilda 16,1 Gbit/s va 2021-yilda 1200 Gbit/s), masofaviy bank xizmatlari tizimidan foydalanuvchilar (jismoniy shaxslar) sonining 20,2 marotaba (2015-yilda 979,5 ming kishi va 2021-yilda 19705,2 ming kishi), asosiy mobil aloqa stansiyalari sonining 2,8 marotaba (2015-yilda 16,3 ming dona va 2021-yilda 45,9 ming dona), yuqori tezlikka ega internetdan foydalanuvchi  abonentlar sonining 2,4 marotaba (2015-yilda 100 kishiga 5,8 ta abonent va 2021-yilda 14,4 ta abonent), aholining internet bilan ta’minlanganligi  2,2 marotaba (2015-yilda 100 kishiga 26,6 ta ulanish va 2021-yilda 58,4 ta ulanish) va boshqalar umumiy o‘sishga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatdi.

Shuningdek, boshqa bloklar bo‘yicha sezilarli o‘sish kuzatildi. Buni oliy ta’lim bilan qamrab olish koeffitsiyentining 3,8 marotaba ortishi (2015-yilda 18-22 yosh oralig‘idagi aholining 8,3%i va 2021-yilda 31,3%i), internetdan foydalanuvchilar sonining 2,4 marotaba ortishi (2015-yilda 10,2 million kishi va 2021-yilda 24,7 million kishi), provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarining 86,4 marotaba pasayishi (2015-yilda 259,3 AQSH dollari va 2021-yilda 3,0 AQSH dollari), AKT tovarlari eksportining 2,4 marotaba ortishi (2015-yilda tovarlar eksportining umumiy hajmidagi ulushi 0,07%ni, 2021-yilda esa 0,16%ni tashkil etgan) kabi ko‘rsatkichlar misolida ko‘rish mumkin.

Boshqa ko‘rsatkichlar yoki o‘zgarishsiz qolgan yoki ulardagi yaxshilanish 2 marotabadan kamroq bo‘lgan. Shuningdek, 4 ta ko‘rsatkich bo‘yicha qiymat pasayganini qayd etish joiz. O‘rta-maxsus ta’lim bilan qamrab olish koeffitsiyenti 14,4 marotaba (2015-yilda 16-18 yosh oralig‘idagi aholining 91,0% ini, 2021-yilda esa 6,3% ini tashkil etgan) pasaygan. Mazkur pasayishni 10-11 sinflarda ta’lim olishning qayta tiklanishi bilan izohlash mumkin. AQSH dollarida hisoblangan bir oylik o‘rtacha nominal ish haqi 1,5 marotaba (2015-yilda 454,5 AQSH dollari va 2021-yilda 302,0 AQSH dollari) pasaygan. Bu holat almashinuv kursining milliy valyutadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan tez sur’atlarda oshgani bilan izohlanadi. Va nihoyat, ko‘rsatilgan umumiy xizmatlar hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 1,1 marotaba qisqargan (2015-yilda 6,6%ni, 2021-yilda esa 6,0%ni tashkil qilgan).

 

Anton Kostyuchenko,
PMTI loyiha rahbari

 


[1] Постановление Президента Республики Узбекистан от 05.03.2019 г. №ПП-4227 «О государственном заказе по обеспечению занятости населения и организации новых рабочих мест в 2019 году»;
[2]Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 09.07.2019 г. №ПКМ-566 «О введении временного трудового удостоверения для самозанятых граждан».
[3]Постановление Президента Республики Узбекистан от 08.06.2020 г. №ПП-4742 «О мерах по упрощению государственного регулирования предпринимательской деятельности и самозанятости»