AKT odamlarga muloqot qilish, yordam izlash, axborot va ta’lim olishning yangi, yaxshi va tezkor usullarini taqdim etgan holda hayotning barcha jabhalariga kirib bormoqda. AKT hamma joyda mavjud bo‘lishidan tashqari, katta iqtisodiy ahamiyatga ham ega. IDC konsalting kompaniyasining tadqiqotlariga ko‘ra, 2020 yilda global axborot texnologiyalari sanoati 5 trillion dollardan oshgan.
AKT real daromadlarning o‘sishiga bir necha yo‘llar orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: masalan, ta'lim tizimiga (onlayn darslar va kurslarni joriy etish orqali, moliya tashkilotlari faoliyatining kengayiishi, ishsizlikning qisqarishiga (yangi kasblar va ish o‘rinlari, jumladan onlayn-makonda, tashkil etilishi orqali ta’sir qiladi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari O‘zbekistonda aholi real daromadlarining o‘sishiga qanday hissa qo'shayotganini hisobladi.
Optik tolali aloqa liniyalari uzunligining 100 kilometrga ortishi aholi real daromadlarining 1,43 foizga o‘sishida yordam beradi.
Internetdan foydalanuvchilar sonining 1 foiz punktiga ko‘payishi aholi real daromadlarining 0,9 foizga oshishiga olib keladi.
So‘nggi bir necha o‘n yillik davomida butun dunyoda AKT xizmatlari jadal sur’atlar bilan o‘sdi. 2020 yilda global AKT xarajatlari taxminan 4,9 trillion AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga borib bu ko‘rsatkich 5,8 trillion dollargacha oshishi kutilmoqda.[1].
Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi[2] (International Telecommunication Union – ITU) ning 2021 yildagi hisobotiga ko‘ra, pandemiya davrida internetning tarqalishi tezlashgan. Agar 2019 yilda 4,1 milliard kishi (yer yuzi aholisining 54 foizi) internetdan foydalangan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 4,9 milliard kishiga (dunyo aholisining 63 foizi) yetdi. Biroq, dunyo aholisining 37 foizi ushbu imkoniyatga ega emas. Ularning ko‘pchiligi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Shunday qilib, 2021 yilda optik tolali aloqa orqali ulangan abonentlarining o‘rtacha soni har 100 kishiga 17 taga yetdi.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim jarayonini onlayn platformalarga o‘tkazish ta’lim sohasida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyodagi eng mashhur onlayn ta’lim platformalaridan biri Courserani[3] misol qilib keltirish mumkin. Masalan, 2016 yilda Coursera platformasida 21 million kishi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, keyingi 2 yilda bu raqam har yili 7 millionga ko‘paygan. Dunyo mamlakatlarida koronavirusning tarqalishi va karantin cheklovlarining joriy etilishi aholining masofadan ta’lim olishga qiziqishini oshirdi. Shunday qilib, pandemiya sharoitida yangi ro‘yxatga olinganlar soni uch baravar ko‘paydi. Natijada bu ko‘rsatkich 2020 yilda 71 millionga, 2021 yilda esa 92 millionga yetdi.
Raqamli moliyaviy xizmatlardan (RMX) foydalanish xarajatlarini kamaytirish, tranzaksiyalarning tezligi, xavfsizligi va shaffofligini oshirish, shuningdek, mamlakat aholisi uchun qulaylikni oshirish imkonini beradi. Bugungi kunga qadar dunyoning 90 ta mamlakatida 850 milliondan ortiq raqamli akkaunt roʻyxatga olingan boʻlib, ular orqali har kuni 1,3 milliard dollarlik tranzaksiyalar amalga oshirilmoqda[4].
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunday qilib, 2019-2021 yillarda simli Internet orqali axborot uzatish tezligi deyarli ikki baravar oshdi (40 Mbit / s gacha) va aholining 70 foizdan ortig‘i internetdan foydalanuvchilarga aylandi[5].
AKTning O‘zbekistonda aholi real daromadlari o‘sishiga ta’sirini tahlil qilish uchun PMTI mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2015-2020 yillardagi (84 ta kuzatuv) hududlar bo‘yicha (12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri) statistik ma’lumotlariga asoslangan ekonometrik modellardan foydalanildi (1-jadval).
Ekonometrik modellarni tuzish uchun hududlar bo‘yicha robast xatolar va klasterlashtirish[6] (LSDV), shuningdek, Driscroll-Crey[7]ning robast xatolari (DKSE) hisobga olingan holda panel ma’lumotlarini tahlil qilish usullari qo‘llanildi. Ushbu modellar o‘zaro (mintaqaviy) va vaqt oralig‘idagi bog'liqlik mavjud bo‘lganda eng samarali hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu modellar o‘zgaruvchilar o‘rtasida hududdan-hududga va oldingi qiymatlarga (o‘tgan yillar natijalarining hozirgi kunga ta'siri) bog‘liqlik mavjud bo‘lgan taqdirda, eng aniq natijalarni olish imkonini beradi.
Bog‘liq o‘zgaruvchi sifatida "aholining real daromadlari" ko‘rsatkichi ishlatilgan. Bog‘liq o‘zgaruvchiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlandi (2-jadval):
1. Optik tolali aloqa liniyalarining uzunligi, ming km (VOLC);
2. Asosiy uyali aloqa stansiyalari soni, ming birlik (Mobstat);
3. Internetga ulangan abonentlar soni, 100 kishiga (Users)
5. Vaqt bilan bog‘liq davriylik ta’sirini aniqlaydigan ko‘rsatkich (Time dummy)
2-jadval.AKTning aholi real daromadlariga ta’siri
Izoh: ***, **, * - ahamiyatlilik darajasi mos ravishda 1%, 5% va 10% (foiz qancha past bo‘lsa, omilning ta’siri shunchalik muhim hisoblanadi)
Manba: muallif hisob-kitoblari
2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, LSDV va DKSE usullaridan foydalangan holda modellashtirish natijalaridan har bir omil uchun bir xil koeffitsiyentlar olingan. Shu bilan birga, modellar omillarning ahamiyatlilik darajasida farqlanadi. Masalan, LSDV modelida “Optik tolali aloqa liniyalarining uzunligi” omilining ahamiyati 1%, DKSE modelida esa 10% darajasida aniqlanadi.
Shunday qilib, optik tolali aloqa liniyalari uzunligining 100 kilometrga ortishi aholi real daromadlarining 1,43 foizga o‘sishida yordam beradi. Internetdan foydalanuvchilar sonining 1 foiz punktiga ko‘payishi esa aholi real daromadlarining 0,9 foizga oshishiga olib keladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy uyali aloqa stansiyalari soni ikkala modelda ham 47 foiz ahamiyatga ega: LSDV va DKSE. Buni ushbu stansiyalar orqali taqdim etilayotgan mobil internetning tezligi optik tolali internetnikiga nisbatan pastligi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, mamlakatda asosiy uyali aloqa stansiyalarining tarqalishi optik tolali aloqa liniyalariga qaraganda ancha yuqori. Buning natijasida ularning ta’siri kamroq seziladi.
Shunday qilib, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish aholining real daromadlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Kelgusi yillarga AKTni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tahlil qilganda mazkur omilning ahamiyati ortishi aholi bilimining kehgayishi, raqamli xizmatlar, shu jumladan moliyaviy xizmatlardan foydalanish qamrovining, umuman olganda, aholi daromadlarining ortishiga olib kelishini ta’kidlash lozim.
Shu tariqa, yaqin yillarda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun taxminan 2,5 milliard dollarga yaqin mablag‘ni jalb etish rejalashtirilmoqda[10]. Toshkent, Buxoro va Qo‘qon kabi shaharlarda uchta yirik yangi data-markazlarni ishga tushirish, shuningdek, statsionar telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada kengaytirish va mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Natijada xonadonlar har bir aholi punktida kamida 10 Mbit/s tezlikda internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.