Elektr energetikasi tizimidagi islohotlar: Braziliya tajribasi
23дек

Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, 2000-2011 yillar uchun

 

2000

2003

2008

2010

2011

YaIMning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi (AQSh dollarida)

3751

3104

8729

10816

12917

YaIMning o’sishi (foizda)

4.3

1.1

5.2

7.5

3.8

Inflyatsiya (foizda)

6.2

13.7

8.3

8.2

7.0

Umumiy fiskal balans (YaIMga nisbatan foizida)

-3.4

-5.3

-2.3

-5.9

-3.6

Jami davlat qarzi (YaIMga nisbatan foizida)

51.1

59.6

58.5

63.7

62.2

Sof davlat qarzi (YaIMga nisbatan foizida)

47.7

54.9

38.1

40.2

38.6

Joriy hisob balansi (YaIMga nisbatan foizida)

-3.8

0.8

-1.7

-2.2

-2.1

Neft importi (YaIMga nisbatan foizida)

1.2

1.2

1.8

1.2

1.2

Neft eksporti (YaIMga nisbatan foizida)

0.2

0.3

0.3

0.2

0.2

Jon boshiga to’g’ri keladigan neft iste’moli (litrda)

412

394

482

624

n.a.

Kambag’allik darajasi, kunlik 1.25 AQSh dollari (PPP) (jami ahloiga nisbatan foizda)

11.8

11.2

6.0

6.1

n.a.

Manba: Xalqaro energetika agentligi, Jahon banki va XVJ ma’lumotlari

Kirish  

Braziliyaning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari 1980-yillarda amalga oshirilgan islohotlargacha bo‘lgan davrda iqtisodiy o‘sishning past ko‘rsatkichlari, inflyatsiyaning yuqori darajasi va budjet-soliq siyosatidagi beqarorlik bilan tavsiflanar edi. Xususan, iqtisodiy o'sish o'rtacha 3 foizni, inflyatsiya darajasi esa 272 foizni tashkil qilayotgan edi. Fiskal siyosat kengayuvchi shaklda yuritilib, mazkur davrda byudjet taqchilligi YaIMga nisbatan o‘rtacha 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1989-yilga kelib 7 foizni tashkil etdi. Zaif fiskal siyosat tufayli sof davlat qarzi 1981-yildagi YaIMga nisbatan 24 foizdan 1989-yilda 40 foizgacha ko‘tarildi. Natijada, mazkur salbiy vaziyat hukumat idoralarining importni cheklovchi siyosatdan voz kechishga va iqtisodiyotni liberallashtirish uchun jiddiy qadamlar tashlashga undadi (Giambiagi va Moreira, 1999)[1].

Energetika sohasini xususiylashtirish hukumat tomonidan amalga oshirilgan asosiy islohotlardan biri bo‘ldi va bu islohotning jozibadorligi quyidagi asosiy uchta sabab bilan izohlanadi:

Birinchidan, ushbu sektorning aktivlarini xususiylashtirish mamlakat g'aznachiligi uchun daromadlarning oshishiga olib keldi hamda hukumat oldidagi qarzlarni hisobdan o‘chirishga xizmat qildi. 1993-yilda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan olingan tashqi qarzlar Braziliya jami tashqi qarzining deyarli 25 foizini tashkil etdi.

Ikkinchidan, davlatga qarashli elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni sotish hukumat tomonidan olingan davlat miqyosidagi qarzlarning katta qismini to'lash imkoniyatini berdi. 

Uchinchidan, hukumat elektr energiyasi uchun o'sib borayotgan talabni qondirish maqsadida zarur obyektlarga sarmoya kiritish uchun yetarli miqdordagi kapitalni mustaqil ravishda jalb qilish qiyinchilik tug’diradi deb hisobladi. Shuning uchun 1990-yillarda elektr energiyasiga kiritilgan investitsiyalar o'tgan o'n yilga nisbatan deyarli teng yarmiga kamaydi.

Xususiylashtirishga turtki beradigan sohaga xos boshqa omillar. Ushbu omillarga quyidagilar kiradi: pudratchilar orasida kartellar mavjudligi qurilish xarajatlarini oshirib yuboradi; ortiqcha bandlik; butun tizim bo'ylab energiya quvvatidagi yo'qotishlar. Shuningdek, xususiy sektordagi kompaniyalar o’rnatadigan tarif tizimlari xarajatlarni yaxshiroq aks ettira boshladi.

Elektr energiyasi narxi bo‘yicha islohotlar.

Sohani xususiylashtirish bo‘yicha umumiy rejaga ko‘ra mavjud aktivlarning deyarli hammasini xususiylashtirish belgilandi. Xususiylashtirishdagi cheklovlarni olib tashlash uchun 1993-yilda yagona milliy tariflar va kapital daromadining 10 foizlik majburiy stavkasi talablari bekor qilindi.

Narxlar borasida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Elektr energetikasi sohasida narx belgilash tizimining shaffofligini oshirish uchun 1998-yilda elektr energetikasi sektorining mustaqilligini ta’minlovchi qonun qabul qilindi.

Davlat elektr energetikasi tarmog‘ini xususiylashtirish jarayonini energiyani taqsimlovchi kompaniyalar bilan boshlashga qaror qildi. Bunga undagan asosiy sabablardan biri bu jarayonlar orqali mahsuldorlikni sezilarli darajada oshirish mumkinligidir. Bundan tashqari, ushbu kompaniyalardagi moliyaviy muammolar butun sektorga o'z ta'sirini o'tkazdi. Chunki moliyaviy nochor taqsimlovchi kompaniyalar elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga to‘lov qilishda muammolarga uchradi. Distribyutor kompaniyalarning moliyaviy ahvolini tuzatish va ularni kreditga layoqatli xaridorlarga aylantirish energiya ishlab chiqarish sektoriga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi va ushbu aktivlarni xususiylashtirishga yo‘l ochishga yordam berdi.

Xususiylashtirish dasturi 1993-yildan 2003-yilgacha bo'lgan 10 yil davomida amalga oshirildi va ko‘plab xususiy kompaniyalar raqobatga kirishadigan raqobat muhiti mavjud bozorning shakllanishiga olib keldi. Elektr energiyasini tarqatish sektori bir qator monopol litsenziyalar ostida xususiylashtirildi, ammo vaqt o'tishi bilan oxirgi foydalanuvchilar tarmoqqa uchinchi tomon sifatida kirishi mumkin edi va bu jarayonlar mazkur sanoatni tartibga soluvchi qonunchilik bilan mustahkamlandi.

1993-yildagi islohotlar fiskal siyosat nuqtayi nazardan subsidiyalarni bekor qilishda muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Biroq, sohani xususiylashtirish kuchli me'yoriy-huquqiy baza bilan qo‘llab-quvvatlanmadi. Bu esa investitsiya kiritish uchun noaniqlik muhitiga va ba’zi energiyani tarqatish liniyalari qurilishi to‘xtab qolishiga olib keldi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda investitsiyalarning yetishmasligi 2001-yildagi qurg'oqchilik bilan birgalikda Braziliya gidroenergetika zahiralarining jiddiy darajada sarflanib kamayishiga olib keldi. Mamlakatda ulkan energiya inqirozi yuz berishining oldini olish maqsadida hukumat energiya ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilarga belgilangan limitda energiya berish tartibini joriy qildi va bo‘ladigan yo‘qotishlarni qoplash uchun tarif stavkalarini oshirishga ruxsat berdi.  

Xulosa qilib aytganda, Braziliyada elektr energiyasi bozoridagi islohotlar ko'p jihatdan muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Islohotlar natijasida sohaga berilgan davlat subsidiyalari bekor qilindi, tariflarni oshirish siyosati yakuniga yetkazildi (deplotizatsiya qilindi), elektr energiyasi ishlab chiqarishni kengaytirishni kafolatladi (2001-yildan keyin) va elektr tarmoqlari kompaniyalarining tashqi qarz bilan bog‘liq zaiflashuvi darajasi kamaydi. Mota (2003) elektr energetika sektorini xususiylashtirishning taklif sifati va xarajatlarga ta'sirini baholadi va xarajatlarni pasaytirish natijasida samaradorlikning sezilarli darajada oshganligini aniqladi. 1994-yildan 2000-yilgacha bo'lgan davrda xodimlar sonini ikki barobarga qisqartirish hisobiga xarajatlarni kamaytirishga erishildi. Xususiylashtirishning sifatga ta'siriga kelsak, energiya ta'minoti xavfsizligi va yetarli energiya ishlab chiqarish jarayoni yaxshilandi.

Braziliya: Makroiqtisodiy rivojlanish va elektr energetikasi sohasidagi islohotlar
Manba: Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan 2013 yilda tayyorlangan tahliliy hisobot ma‘lumotlari

Islohotning salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari

Olingan asosiy saboqlar

Makroiqtisodiy nomutanosibliklarni tuzatishning zarurati shu kabi islohotlarni o’tkazishga turtki berishi mumkin. 1980-yillardagi Braziliyaning past iqtisodiy o'sish ko’rsatkichlari, giperinflyatsiya va yuqori tashqi qarz yuki siyosatchilarni amaliy choralar ishlab chiqishga va subsidiya islohotini ushbu nomutanosibliklarga nisbatan kurashish vositasiga aylantirishga undadi.

Inflyatsiyani jilovlash uchun elektr energiyasi narxlarining oshishini nazorat qilish fiskal ko’rstakichlarning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. 1980-yillarda shunga o’xshash siyosat yuritilishi tufayli elektr energiya sektorida moliyaviy yo'qotishlarga, qarzlarning to'planishiga va investitsiyalar yetishmasligiga olib keldi.

Hukumat obro’si islohotlarning muvaffaqiyatli bo’lishi imkonini oshiradi. Masalan Prezident Kardoso ma'muriyati o'n yildan ortiq muntazam davom etgan giperinflyatsiyani jilovlashga erishganidan so’ng, energetika sektorini liberallashtirish bo'yicha kun tartibida belgilangan vazifalarni to’liq amalga oshirishga erishdi.

Maqsadli ijtimoiy dasturlar subsidiya islohotiga nisbatan qarshiliklarni kamaytirishi va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga yordam berishi mumkin. Bu borada Braziliya kam ta'minlangan odamlar uchun elektr energiyasi tariflarini pasaytirish siyosati yuritildi va subsidiyalar bo'yicha islohotlarni amalga oshirishga yordam beradigan shartli naqd pul o'tkazmalari dasturi qabul qilindi.

Samarali me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirmasdan elektr energiyasi kompaniyalarini xususiylashtirish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi va odamlarning energiya islohotini qo'llab-quvvatlamasligiga olib kelishi mumkin. Braziliyada o’tkazilgan xususiylashtirish jarayonining dastlabki yillarida tushunarsiz qoidalar investitsiyalarning kamayishiga va 2001 yilda yuz bergan energiya inqiroziga sababchi bo’ldi.

 

Material Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan 2013-yilda tayyorlangan tahliliy hisobotlar asosida tayyorlandi: https://www.imf.org/external/np/pp/eng/2013/012813a.pdf

 

Imomjon Xamidov,
PMTI katta ilmiy xodimi

 

 


[1] https://www.imf.org/external/np/pp/eng/2013/012813a.pdf