Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning Armaniston tajribasi
26дек

O‘tgan asrning 90-yillari boshlarida Armaniston moliyaviy jihatdan zaif elektr energetikasi tizimi bilan bozor iqtisodiyotiga oʻta boshladi. Sohada monopolist kompaniyning ta’siri kuchli bo‘lib, boz ustiga tizim subsidiyalashganligi bilan ajralib turardi. Armaniston iqtisodiyoti ko‘p jihatdan boshqa davlatlardan yoqilg‘i importiga bog‘liq edi. Yuzaga kelgan notinch vaziyat ham jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Oqibatda 1990–1995 yillarda elektr ishlab chiqarish deyarli 50 foizga qisqardi. Bu holat surunkali energiya tanqisligiga olib keldi.

Armaniston:asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, 2000-2011 yillar

 

2000

2003

2008

2010

2011

YaIMning aholi jon boshiga nominal ulushi (AQSH dollari hisobida)

593,5

874,1

3,605.9

2,840.4

3,032.8

YaIMning real o‘sishi (foiz hisobida)

5.9

14.1

6.9

2.1

4.4

Inflatsiya (foiz hisobida)

-0.8

4.7

9.0

7.3

7.7

Umumiy fiskal balans (yalpi ichki mahsulot foiz)

-6.3

-1.5

-1.8

-4.9

-2.7

Davlat qarzi (yalpi ichki mahsulot foizi)

48.9

32.9

14.6

33.3

35.1

Joriy hisob balansi (YaIM foiz)

-14.6

-6.8

-11.8

-14.7

-12.3

Neft importi (YaIM foiz)

0.1

0.1

0.4

0.3

0.3

Neft eksporti (YaIM foiz)

0.0

0.0

0.0

0.0

0.0

Aholi jon boshiga neft iste'moli (litr)

133.7

139.3

159.5

127.6

-

Qashshoqlik darajasi kuniga $1,25 (PPP) (aholi ulushi)

-

10.6

1.3

-

-

1-jadval.  Armaniston: asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, 2000–2011 yillar[1]

Jadvalda Armanistonning 2000-2011 yillardagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan. Bu ko‘rsatkichlar orqali Armanistonning o‘sha davrdagi holatini ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2011-yilga kelib, yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan nominal ulushi 2000-yildagiga nisbatan 5 barobar o‘sdi. YaIM ning real o‘sish foizi 2008-yildagi moliyaviy inqirozdan so‘ng 2,5 foizga pasayib, 4,4 foizni tashkil etdi. Davlatning byudjet taqchilligi 2,7 foizga yetdi. Bu ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar elektr energiyasi tizimidagi islohotlarni tezlashtirishni taqozo etardi.

Elektr energiyasi tizimiga subsidiyalarning ajratilishi va katta imtiyozlarning berilishi mamlakatda fiskal yukning ortishi hamda byudjet taqchilligini yuzaga keltirdi. Mamlakatda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining joriy etilishi natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda neft mahsulotlaridan ko‘ra gidroenergetikaga ko‘proq e’tibor qaratila boshlandi. Gidroenegetika tizimi orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish boshqa manbalarga nisbatan arzonroq bo‘lganiga qaramay elektr energiyasini islab chiqarish uchun ajratilgan subsidiyalar 1995-yilga kelib, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 11 foizini tashkil etdi.

Ajratilgan subsidiyalarning iqtisodiy oqibatlari

O‘sha davrda Armanistonda elektr energetikasi tizimiga quydagi shaklda subsidiyalar ajratilgan:

Elektr narxlarini erkinlashtirish

90-yillarning oʻrtalaridan boshlangan elektr energiyasi narxlarini erkinlashtirish bilan bog‘liq islohotlar natijasida 1995–1999 yillarga kelib, elektr energiyasi narxi ko‘tarilib, elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berish xarajatlarini qoplash darajasiga yetadi. Bu esa subsidiyalarning asosiy qismini ajratish to‘xtiladi.

Uy-joy uchun iste’mol qilinadigan energiya narxlari 1995–1999 yillardagiga nisbatan ikki baravardan koʻproq oshib, 1 K.vt soati narxi 25  Armaniston dramiga yetdi. Bu koʻrsatkich xarajatlarni qoplashga yaqin darajaga yetdi (1-diagramma) va nodavlat foydalanuvchilar uchun olinadigan tariflar darajasiga mos keldi hamda bu ajratiladigan subsidiyalarni sezilarli darajada qisqartirdi.

Energetika sohasidagi islohotlar natijasida energetika tizimi yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi. Masalan, 1999 - yildan 2011 - yilgacha elektr energiyasi ucun tariflari o‘zgarmadi. 2009-yilda Rossiya tomonidan yetkazib beriladigan gaz narxining oshishi natijasida chakana narxlar yana 20 foizga oshirildi. Bu esa energetika tizimining fiskal yukini kamaytirishda yordam berdi.

Narxlarni oshirish va energetika tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlar islohotlarning asosiy qismi bo‘ldi.

1-diagramma. 1995–2011 yillardagi uy-joy uchun elektr energiyasi tariflari
(Armaniston dramida).

Tariflarni ko‘tarish va energetika tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlar islohotlarning asosiy maqsadi bo‘ldi. Energiya tariflari 1999-yilda “past narx” tarifining bekor qilinishi bilan o‘zgardi. Garchi kam ta‘minlangan uy xo‘jaliklarini past stavkalarni taqdim etish orqali himoya qilish kerak bo‘lsada, hukumat tariflarni ko‘tarishga qaror qildi. Ammo aholining ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan qatlamini himoya qilish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, qishda iste’molning yuqori darajasi to‘g‘risida uy xo‘jaliklari va energetika kompaniyalari tomonidan hisoblagich ma’lumotlari haqida hisobot berilishi kechiktirildi. Bir yildan so‘ng kam ta’minlangan iste’molchilar, elektr energiyasi tizimi xodimlari va harbiy xizmatchilar uchun imtiyozli tariflar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yuritila boshlandi. Islohotlar byudjet taqchilligini 1994 - yildagi 21 foizdan,  2000 - yilda 3 foizgacha qisqartirishda yordam berdi (2-diagramma).

2-diagramma. 1994–2004 yillardagi byudjet taqchilligi. (YaIMga nisbatan foiz hisobida)

Islohotlarning natijadorlik omillari

To‘lov qobilyatini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar elektr energiyasi kompaniyalarining yo‘qotishlarini kamaytirdi. Hisoblagichlarni buzish va noto‘g‘ri ma’lumotlar berishning oldini olish uchun hisoblagichlar turar joy binolaridan kommunal yo‘laklarga o‘tkazildi (Velody, Cain va Philips, 2003). Nazoratchilar tomonidan naqd pul yig‘ish bekor qilindi (inson omiliga bog‘liqlikka butunlay chek qo‘yildi). Bu esa korrupsiya xavfini kamaytirdi. To‘lovlar bank va pochta bo‘limlari orqali undirila boshlandi. Qarzdorlik uchun elektr energiya tizimidan qat’iy uzish tamoyilining qonuniy bajarilishi ham to‘lovlarining yaxshilanishiga olib keldi.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida keng jamoatchilik safarbar qilindi. Energiya uchun yuqori tarif stavkalari to‘lov qobilyatini  pasaytirsa ham, to‘lov qobilyati 1996 - yildagi 40 foizdan 2003 – yilda 92 foizga ko‘tarildi, 1999 - yilda tariflar 30 foizga oshirilganini inobatga olsak, bu islohotlar yaxshi natija berganini ko‘rishimiz mumkin. (3-diagramma).

Energetika tizimida xususiy sektorning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan institutsional islohotlar. Xususiy sektorning ishtiroki elektr energetikasi tizimidagi yo‘qotishlarning oldini olish bilan birga samaradorlikni oshirishga xizmat qildi. Elektr energiyasi yalpi taklifida xususiy sektorning ulushi 1996-yildagi 30 foizdan, 2010-yilga kelib 90 foizga oshdi. 1997-yilda elektr energiyasi tariflarini belgilash va qayta ko‘rib chiqish hamda tizimni tartibga solish vakolatiga ega bo‘lgan mustaqil tartibga soluvchilar organi tuzildi.

Kuchli siyosiy iroda subsidiyalar ajratishni to‘xtatish bo‘yicha islohotlarni qo‘llab-quvvatladi. Sarkisyan, Balabanyan va Hankinsonning (2006) fikricha, energetika sektorini isloh qilishda siyosiy iroda juda muhim bo‘lgan. Energiya taqsimoti tizimini xususiylashtirish bo‘yicha dastlabki tender o‘tkazilganiga qaramay, rasmiylar o‘zlarining dastlabki muvaffaqiyatsizliklaridan saboq oldi va qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazaning zaif tomonlarini bartaraf etish bilan birga o‘z islohotlarini davom ettirdi.

3-diagramma. 1996–2003 yillardagi elektr energiyasi uchun toʻlov stavkasi (foiz hisobida).

Hukumatning o‘z majburiyatlarini bajarishi ham birdek muhim edi. Nihoyat, hukumat Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va USAID tomonidan islohot dasturini amalga oshirishga qaratilgan shartli kreditlar va texnik yordam orqali sezilarli darajada xalqaro moliyaviy yordam oldi.

Islohotlarning ta’siri

Elektr energetikasi sohasidagi islohotlar fiskal yukni barqarorlashtirishda yordam berdi. Byudjet taqchilligi keskin qisqardi - 1994 yildagi YaIMning 16,5 foizidan 1995-yilda 9 foizga, 2000-yilga kelib esa 6,3 foizgacha tushdi.

Muvaffaqiyatli makroiqtisodiy barqarorlashuv natijasida elektr energiyasi narxi oshishining inflyatsiyaga ta’siri yumshatildi. Islohotdan oldingi davr (1993–1994) asosan elektr energetika tizimi Markaziy bank tomonidan moliyalashtirilishi natijasida katta taqchillik va giperinflyatsiya yuzaga kelgan edi.

4-diagramma. Armaniston: 1993-2011 yillardagi makroiqtisodiy rivojlanish va subsidiya islohotlari

Makroiqtisodiy barqarorlik inflyatsiyaning 1994-yildagi 5 000 foizdan 1998-yilga kelib bir xonali raqamgacha pasayishiga olib keldi,  bu pul-kredit siyosatining mustahkamlanishi va keskin fiskal konsolidatsiyani aks ettirdi. Sog‘lom makroiqtisodiy siyosat va tarkibiy islohotlar o‘sishni ta’minladi. O‘sish 1995–1999 yillarda o‘rtacha 5,5 foizni tashkil etdi. Subsidiya islohotining o‘sishga ta’sirini makroiqtisodiy siyosat va tarkibiy islohotlar ta’siridan ajratish qiyin, biroq elektr energetikasi sohasidagi islohot elektr energiyasi ishonchliligini oshirdi va elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali o‘sish ta’minlandi.

Yengillashtiruvchi choralar

Aholi kambag‘al qatlamining elektr energiyasi uchun xarajatlari yuqori ulushini hisobga olgan holda kompensatsiya choralari zarur edi. 1999-2000 yillarda aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, uy xo‘jaliklari xarajatlarida elektr energiyasining ulushi, kam ta’minlangan aholi qatlami uchun kambag‘al bo‘lmagan aholiga nisbatan deyarli ikki baravar yuqori ekan. Bu, ayniqsa, shahar kambag‘allari orasida ko‘p kuzatildi (2-jadval).

 

Qishloq

Shahar

Kambag‘al

13

16

Kambag‘al emas

7

9

2-jadval. So‘rov ishtirokchilari.[2]

Tarif stavkalari uchun pul o‘tkazmalari dasturi – kambag‘al oilalar uchun nafaqa, ushbu islohot ijtimoiy himoya qatlamini qayta qurish bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. 1999-yilda Armaniston hukumati bolalar va oilaviy nafaqalar borasida pul o‘tkazmalari dasturini almashtirdi va “kambag‘al oilalar uchun nafaqa” dasturi sinovdan o‘tkazildi. Ushbu dastur elektr energiyasining yuqori narxlarini qoplash uchun ajratilgan subsidiya emas, balki kambg‘al oilalar iste’mol qilgan elektr energiyasi uchun ma’lum bir summani naqd ko‘rinishida berish dasturi edi. Ammo bu imtiyozdan foydalanuvchilar elektr energiysianing yuqori to‘lov stavkalari sharoitida energiyani tejash uchun zamin yaratdi. Shu bilan birga, to‘lov qobilyatini oshirdi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keldi. Chunki uy xo‘jaligi energiyani me’yordagidan ko‘p iste’mol qilsa va elektr energiyasi uchun haq to‘lamasa, nafaqa bekor qilinardi. Dastur dastlab uy xo‘jaliklarining 25 foizini qamrab oldi, ammo mezonlar kuchaytirilganligi sababli 2010 - yilda qamrov asta-sekin 18 foizga kamaydi. Bu 2006-yilda to‘lov qobilyatini o‘rtacha 40 foiz oshirishga imkon berdi. Shu bilan birga dastur tomonidan ajratilgan mablag‘ YaIMning 1-foizini tashkil qilgan.

Bundan tashqari, kam ta’minlangan uy xo‘jaliklariga 1999-2000 yillarda elektr energiyasining narxlari oshishi sababli yordam sifatida ikkita marotaba bir martalik yordam puli berildi. to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelgan uy xo‘jaliklari “Kambag‘allik bo‘yicha oilaviy nafaqa” dasturida qatnashish huquqiga ega edi.

1999 - yilda ikki tarifli islohot amalga oshirildi (2-jadval). Bu uy xo‘jaliklariga imtiyozli tungi tarifdan foydalanish imkonini berdi va generatorlar hamda transformatorlarga tushadigan zo‘riqishni kamaytirdi.

Xulosa

Islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kuchli siyosiy iroda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Armaniston hukumati xususiylashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘z sa’y-harakatlarini qat’iyat bilan davom ettirdi. Qiyin va xarajatli tarif islohotlarini amalga oshirdi.

Tariflarni belgilashda aralashuvni cheklaydigan tartibga soluvchi institutional muhit islohotlarni osonlashtirdi. Xususiy sektor ishtiroki uchun tegishli huquqiy baza yaratildi hamda mustaqil tarif stavkalarini belgilash uchun tartibga soluvchi komissiya tuzildi.

Kam ta’minlanganlar uchun yengillashtiruvchi energiya tariflarining qo‘llanishi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda yordam berdi. Ijtimoiy-himoya tizimining maqsadli yo‘nalishini yaxshilash uchun sinovdan o‘tgan, naqd pul o‘tkazmalari dasturi joriy etildi.

Bundan tashqari ikkita marotaba bir martalik naqd pul toʻlovi va kam taʼminlangan uy xoʻjaliklarini bepul hisoblagichlar bilan taʼminlash elektr energiyasi narxi oshishining aholining kam taʼminlangan qatlamlariga taʼsirini yumshatishda yordam berdi hamda jamoatchilik tomonidan islohotlarning qabul qilinishiga turtki bo‘ldi. Shuni takidlash kerakki, Armaniston misolida bir vaqtning o‘zida ijtimoiy xavfsizlik va energetika sohasidagi islohotlar o‘rtasida foydali sinergiya kuzatildi.

 

Adabiyotlar:

  1. Lampietti, Julian, 2004, ―Power’s Promise: Electricity Reforms in Eastern Europe and Central Asia

  2. World Bank Working Paper No 40. (Washington: World Bank).

  3.  Anthony A. Kolb, Sumila Gulyani, and Vahram Avenesyan, 2011, ―Utility Pricing and the Poor:

  4. Lessons from Armenia, ―World Bank Technical Papers No. 497 (Washington: World Bank).

  5. Nixson, Frederick, and Bernard Walters, 2005, ―Utilities’ Pricing and the Poor: the Case of Armenia,‖

  6. UNDP Armenia White Paper (New York: United Nations Development Programme).

  7. Sargsyan Gevorg, Ani Balabanyan, and Denzel Hankinson, 2006, ―From Crisis to Stability in the

  8. Armenian Power Sector: Lessons Learned from Armenia’s Energy Reform Experience,‖ World

  9. Bank Working Paper No. 74 (Washington: World Bank).

  10. Velody, Mark, Michael J.G. Cain, and Michael Philips, 2003, ―Energy Reform and Social Protection in

  11. Armenia,‖ in A Regional Review of Social Safety Net Approaches: In Support of Energy Sector

  12. Reform (Washington: United States Agency for International Development).

 


[1] Sources: International Energy Agency; World Development Indicators, World Bank; and World Economic Outlook, IMF.
[2] Lampietti and others (2011)