1-izoh. Markaziy Osiyo hamkorlik indeksining tarkibiy ko'rsatkichlarini hisoblashda uslubiy yondashuvlar.
Tovar aylanmasi - O'zaro tovar aylanmasining Markaziy Osiyo mamlakatlari umumiy Tovar aylanmasidagi ulushi (MO + Dunyo).
Savdo qiymati yoki Trade Cost – O‘zaro savdo qiymati o'rtacha darajasining Markaziy Osiyo mamlakatlarining qolgan savdo sheriklari bilan savdo qiymati o'rtacha darajasidagi ulushi.
Investitsiya oqimlari – Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar kiruvchi va chiquvchi oqimining umumiy (MO + Dunyo) to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimidagi ulushi.
Turistik oqimlar – Mamlakatga Markaziy Osiyo davlatlaridan kiradigan sayyohlar sonining umumiy (Markaziy Osiyo +dunyo) kiruvchi sayyohlar sonidagi ulushi.
Migratsiya oqimlari - yil o'rtalarida mamlakatda bo'lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan xalqaro muhojirlarning barcha mamlakatlardan kelgan xalqaro muhojirlar umumiy sonidagi ulushi.
|