Erkin iqtisodiy zonalar sanoat rivojlanishining “o'sish nuqtalari”ga aylanadimi?
22дек

PMTI ekspertlari Oʻzbekiston erkin iqtisodiy zonalaridagi mahsulot ishlab chiqarish sifati va sur’atini baholadi.

Erkin iqtisodiy zonalar o‘ziga xos xo‘jalik tuzilmalari sifatida dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga mustahkam kirib keldi va O‘zbekistonda ham faol rivojlanmoqda. Shu bilan birga, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar ilg'or sanoat ishlab chiqarishi talablariga qay darajada javob berishi, ya'ni progressiv ekanligi, inqirozli 2020-yilda mahsulot ishlab chiqarishdagi o'zgarishlar nimaning hisobiga ro‘y bergani va bugungi kunda EIZ uchun qanday imkoniyatlar ochilayotganligini aniqlash kerak.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) 2019-2020 yillarda O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalaridagi sanoat ishlab chiqarishining progressivligi, ularni rivojlantirishning omillari va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.

Olingan natijalarga ko‘ra, 2020-yilda og‘ir inqiroz sharoitiga qaramay, EIZga kiruvchi korxonalarda ilg‘or turdagi mahsulotlar (yuqori texnologiyali, mashinasozlik, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar) 2019-yildagiga qaraganda ancha ko‘p ishlab chiqarigan va o‘sish sur’ati sezilarli bo‘lgan:

- mashinasozlik, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari (ushbu sohalarda yuqori texnologiyali mahsulotlar yaratiladi) umumiy ishlab chiqarish hajmida yuqori texnologiyali mahsulotlar 2019-yildagiga nisbatan 85,4 foizga o‘sdi;

- mashinasozlik uchun xom ashyo va materiallarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan metallurgiyada ishlab chiqarilayotgan mashinasozlik mahsulotlari hajmi 19,5 foizga oshdi;

- tahlil qilinayotgan yilda tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmida eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar (ustuvorlik - tayyor mahsulot eksporti) 29,8 foizga o'sdi;

- Umuman olganda, 2020-yilda EIZ sanoat mahsulotlarida ilg‘or turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish 2019-yildagiga nisbatan 30,5 foiz yuqori bo‘ldi.

EIZ mahsulotlarini ishlab chiqarishda ro‘y berayotgan o'zgarishlarni baholashning eng to'g'ri usuli bu taqqoslashdir:

davrlarni solishtirish, bu holatda 2020-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot turlarining 2019-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot turlariga nisbati ishlab chiqarishning rivojlanish sur’atini xarakterlaydi;

mahsulot turlarini, aynan asosiy turlarini o‘zaro solishtirish: tayyor mahsulot, mashinasozlik, yuqori texnologiyali, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar kabi mahsulot turlari bilan bog‘liq; metallurgiya va metallga ishlov berish mahsulotlari; mashinasozlik, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari asosiy turdagi mahsulotlarning o'zgarishiga ta'sir qiladi. Taqqoslash natijalari ishlab chiqarish tarkibini tavsiflaydi;

ishlab chiqarish sur’atida tarkibni taqqoslash mahsulot ishlab chiqarishdagi o'zgarishlarni aniqlash, ishlab chiqarish yo'nalishini belgilash va uning ilmiy intensivlik, raqobatbardoshlik va ilg‘orlik bobida erishgan darajasi to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beradi.

Shunday qilib, sifat o'zgarishlari eng ko'p qo'llaniladigan va o‘zining ijobiy jihatlarini ko‘rsata olgan indeks usuli orqali baholanadi.

EIZlarda sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishini o'rganish uchun tarkibiy o'zgarishlar progressivligining local va integral indekslaridan foydalanildi. Lokal indeks mahsulotning asosiy turi va u bilan o'zaro bog'liq mahsulot turlarining nisbati sur’atini aks ettiradi va mahsulotning asosiy turidagi o'zgarishlarning progressivlik darajasini tavsiflaydi.

1-qo‘shimicha. Lokal indeksni hisoblashga misol.

Hisob-kitoblar natijasida olingan ma'lumotlarga ko'ra:

- EIZ eksport mahsulotlari ulushi: 2019-yilda 12,5% va 2020-yilda 15%;

- EIZ tayyor mahsulotlari ulushi: 2019-yilda 39,9% va 2020-yilda 36,9%

- eksport mahsulotlari ulushining tayyor mahsulotlar ulushiga nisbati:

- 2019-yilda: 12,5/39,9 = 0,3133;

- 2020-yilda: 15/36,9 = 0,4065.

Shunday qilib, eksportga yo'naltirilgan va tayyor mahsulotlar o'rtasidagi ishlab chiqarish nisbatlarining o'zgarish indeksi quyidagicha:

0,4065/0,3133 * 100% = 129,76%

Indeksning bu qiymati “eksport/tayyor mahsulot” asosiy nisbat o‘zgarishining yuqori darajadagi progressivligidan dalolat beradi (2020-yilda 2019-yildagiga nisbatan 29,76% yaxshilangan).

Integral indeks (ISPR). Lokal indekslar yigʻindisining oʻrtacha qiymati sifatida hisoblangan yigʻma koʻrsatkich boʻlib, ishlab chiqarishning asosiy nisbatlarini ishlab chiqarishning progressiv tarkibiga yaqinlashtirish mezoni boʻyicha yaxshilanish darajasini tavsiflaydi.

ISPRni hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-2020 yillardagi maʼlumotlaridan foydalanildi.

Integral indeks 2 ta blok va 4 ta lokal indeksdan iborat bo‘lib, ularni hisoblash uchun EIZda ishlab chiqarilgan mahsulot turlari (2019-yilda 253 birlik va 2020-yilda 227 birlik) tarmoq belgisi, shuningdek, texnologikligi, raqobatbardoshligi va tayyorlik darajasi bo‘yicha 7 guruhga birlashtirildi.

Tarkibiy o'zgarishlarni baholash shunday nisbatlarning belgilanishiga olib kelgan sabablarni o'rganishni ko‘zda tutadi. Tarkibiy o'zgarishlar sur’atinnig shakllantirishga ishlab chiqarish hajmi va narx omili ta'sirini miqdoriy baholash uchun tahlil qilinadigan davr yillari bo‘yicha lokal va integral tarkibiy indekslarni haqiqiy va qiyosiy narxlarda hisoblash amalga oshirildi.

1-jadval. 2020-yilda EIZ sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar progressivligining lokal va integral indeksi

Tarkibiy ko'rsatkichlar

Tarkibiy ko'rsatkichlarni belgilash

Tarkibiy o'zgarishlar indekslari, 2019-yilga qadar (foizda)

 
 

Yakuniy va oraliq mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar o'rtasidagi mahsulot nisbatlarining o'zgarish indeksi

ISKP

87,45

 

Mashinasozlik va metallurgiya, tayyor metall mahsulotlarni ishlab chiqarish tarmoqlari oʻrtasidagi mahsulot nisbatlarining oʻzgarish indeksi

ISMAM

119,51

 

Yuqori texnologiyali mahsulotlar va mashinasozlik, kimyo hamda neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishi o'rtasidagi ishlab chiqarish nisbatlarining o'zgarishi indeksi

ISTMAH

185,35

 

Eksportga yo'naltirilgan va tayyor mahsulotlar o'rtasidagi ishlab chiqarish nisbatlarining o'zgarishi indeksi

ISQPG

129,76

 

Tarkibiy o'zgarishlar progressivligining integral indeksi

ISPR

130,52

 

2020-yilda tarkibiy o‘zgarishlarning integral va local indekslari o‘sish sur’ati erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan ko‘zlangan vazifalarga mos keladigan nisbatlarga erishilayotganidan dalolat beradi.Izoh: Agar tarkibiy o'zgarishlar progressivligining local/integral indeksi 100% ga teng bo'lsa, bu ishlab chiqarishning mahsulotlararo nisbati o'tgan yil darajasida ekanligini anglatadi, ya'ni ko'rsatilgan yilda ishlab chiqarishda ijobiy tarkibiy o'zgarishlar bo'lmaydi. Agar 100% dan ortiq bo'lsa, u holda ishlab chiqarishning mahsulotlararo nisbati ishlab chiqarishning progressiv tarkibiga (o'tgan yilga nisbatan) yaqinlashish yo'nalishi bo'yicha yaxshilanadi. Agar 100% dan kam bo'lsa, bu salbiy tarkibiy o'zgarishlardan darak beradi. Bu esa ishlab chiqarishning mahsulotlararo nisbati yomonlashishiga olib keladi.

Eng yaxshi nisbatlar yuqori texnologiyali mahsulotlar va mashinasozlik, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari (185,35%) o'rtasida yuzaga kelgan.

Jiddiy ishlanmalarni talab qiluvchi zamonaviy ishlab chiqarishning  jamlanishi maxsus iqtisodiy zonalar respublikada ilg‘or sanoatlashgan mamlakatlarga mos keladigan yuqori texnologik tartibga o‘tish bo‘yicha  yetakchi o‘rinlarni egallaganidan dalolat beradi.

Eksportga yo'naltirilgan va tayyor mahsulotlar o'rtasidagi nisbat yaxshilandi, nisbatlar o'zgarishi indeksi 129,76% ni tashkil etdi. 2020-yilda mazkur ko‘rsatkichning yaxshilanishi EIZda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va tashqi bozorda ularga talabning ortib borayotgani samarasidir.

Mashinasozlik va metallurgiya mahsulotlarini ishlab chiqarish (o‘zgarish indeksi – 119,51%) nisbatlari o‘rtasida ham ijobiy o‘zgarishlar qayd etilmoqda. Bu esa mamlakatda asosiy kapital jamg‘arishni oshiradigan investitsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish hisobiga birlamchi qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona foydalanilayotganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, 2020-yilda asosan yakuniy turdagi mahsulotlar (mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat) va asosan oraliq mahsulotlarni (metallurgiya, kimyo, neft-kimyo, yog‘ochga ishlov berish) ishlab chiqarish o‘rtasidagi nisbat salbiy tomonga o‘zgardi. Lokal ko‘rsatkich qiymati 100% dan kam (87,45%) bo‘ldi. Bu esa qayta ishlashning bir necha bosqichidan o‘tgan mahsulotlar ulushining kamayganligini ko‘rsatadi va ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar asosan oraliq turdagi mahsulotlarga taalluqli bo‘ldi.

Lokal indekslar oʻzgarishida aniqlangan tendensiyalar natijasida mahsulotlarni ishlab chiqarish tarkibidagi salbiy o‘zgarishlarning tezlashishiga qaramasdan 2020-yilda tarkibiy o‘zgarishlar progressivligi integral indeksi EIZ tuzilmalarida yuqori darajadagi ijobiy o‘zgarishlar (130,5%)ni ko‘rsatdi.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mazkur tadqiqotni kelgusida ishlab chiqarish tarkibidagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilgan holda davom ettiradi.

 

*Ushbu tadqiqotga oid batafsil ma’lumotlar PMTIga murojaat qilinganda taqdim etilishi mumkin.

 

Galiya Fedyasheva

PMTI guruh rahbari

Rustamjon Jumamatov

PMTI yetakchi ilmiy xodimi