O‘zbekiston-Qozog‘iston: hududlarning hamkorlik istiqbolidagi o‘rni
22дек

Globallashuv sharoitida O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri, bu eksport salohiyatini oshirish, O‘zbekistonning jahon iqtisodiy munosabatlariga integratsiyalashuvi jarayonida hududlarning rolini faollashtirish bo‘ladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy o‘sishning eksportga yo‘naltirilgan modeli barqaror rivojlanishini ta’minlash, mamlakat va hududlarining raqobat pozitsiyalarini mustahkamlashda ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan hududlarning raqobat ustunliklarini mustahkamlash, ularning yangi xalqaro savdo bozorlariga chiqish yo‘llari va imkoniyatlarini aniqlash bugungi kunda dolzarb masalaga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) O‘zbekiston hududlarida ishlab chiqarilgan va Qozog‘iston bozorida yuqori jozibadorlikka ega bo‘lgan tovar va xizmatlarning raqobat ustunliklarini baholashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazdi.

Qozog‘istonga tovarlar va xizmatlar eksportida O‘zbekiston hududlarining raqobat ustunliklari

Tabiiy-iqtisodiy salohiyat, mahalliy resurslar va imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish tovar ishlab chiqaruvchilar eksportini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan birga, mamlakat va hududlarining jahon bozorida raqobat ustunliklarini mustahkamlash imkonini beradi. Misol tariqasida, PMTI Qozog‘istonga tovarlar va xizmatlarni eksport qilishda O‘zbekiston hududlarining raqobat ustunliklarini ko‘rsatuvchi baholashni amalga oshirdi.

Eksportning tovar tarkibini baholash bizga eng ko‘p eksport qilinadigan tovarlar va mamlakat hududlarining raqobat ustunliklarini aniqlashga imkon berdi. Qozog‘iston O‘zbekistonning yetakchi savdo hamkori (Dunyo mamlakatlari orasida Rossiya, Xitoy va Turkiyadan keyin 4-o‘rin ).  2022 yilning 10 oyida O‘zbekiston tovarlari va xizmatlari 1270,9 million AQSh dollari hajmida, ya’ni O‘zbekiston tovarlari va xizmatlari umumiy eksportining 7,3%i miqdorida Qozog‘istonga eksport qilindi  (2020 yilda 6,0%, 2021 yilda 7,0%).

Qozog‘iston uchun avtomobillar (21,2%), sabzavot va mevalar (15,5%), energiya ishlab chiqaruvchi uskunalar (11,2%), xizmatlar (9,7%), qurilish  materiallari (6,9%),  elektr apparatlari va uskunalari (4,4 %),  kiyim-kechak (2,5 %), to‘qimachilik kalava iplari, matolar, tayyor mahsulotlar (2,0%) bo‘lib, ular hissasiga eksport qilinayotgan mahsulotlarning   83,0%iga  to‘g‘ri keladi.

Keng ko‘lamli omillarni baholash Qozog‘iston bozorida jozibador bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni hududiy eksportni diversifikatsiya qilish omili bo‘yicha guruhlash imkonini berdi (1-jadval):

1-jadval

Eksportni dekonsentratsiyalash omili bo‘yicha Qozog‘iston uchun
eng jozibali mahsulotlar va xizmatlarni guruhlash

Tovarlar va xizmatlar nomi

Tovarning hissasi, %

Hududiy konsentratsiya

Raqobat ustunliklarga ega hududlar (RCAR≥1,000)

Dekonsentratsiya tovarlar eksporti

Sabzavotlar va mevalar

15,5

0,077

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari

To‘qimachilik kalava iplari, matolar, tayyor mahsulotlar

2,0

0,150

Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari

Kiyim-kechak

2,5

0,234

Namangan, Toshkent, Xorazm va Andijon viloyatlari

Qurilish materiallari

6,9

0,281

Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari

Tovarlar eksporti konsentratsiyasining o‘rtacha darajasi

Rangli metallar

2,5

0,580

Navoiy, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri

Plastmassa

2,7

0,656

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati

Cho‘yon va po‘lat

4,3

0,718

Samarqand, Toshkent viloyatlari

Tovarlar va xizmatlar eksportining konsentratsiyasi

Elektr apparatlari va uskunalari

4,4

0,822

Toshkent shahri

Avtomobillar

21,2

0,877

Andijon, Samarqand viloyatlari

Xizmatlar

9,7

0,941

Toshkent shahri

Energiya ishlab chiqaruvchi uskunalar

11,2

0,993

Andijon viloyati

 

O‘zbekistonning Qozog‘istonga hududiy eksportining raqobat ustunliklarini mustahkamlash imkoniyatlari.

Jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi muayyan keng ko‘lamli omillarni hisobga olgan holda hududlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish zaruratini yaratmoqda. Shu sababdan, O‘zbekiston uchun tayyor mahsulot eksportini diversifikatsiya qilish asosida hududlarning eksportga yo‘naltirilganligi masalasi mavjud.

Diversifikatsiyaning ijobiy tomoni nimada? Xalqaro va mahalliy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, diversifikatsiyalangan eksportga ega mamlakat va uning hududlari iqtisodiyoti ichki va tashqi ta’sirlarga nisbatan ancha chidamli (bozor kon’yunkturasi, valyuta o‘zgaruvchanligi, hamkor mamlakatning nimani afzal ko‘rishi, sanksiyalar va boshqalar). Shu munosabat bilan hududlarning tabiiy va iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iqtisodiy o‘sish omillari, O‘zbekiston hududlari uchun mahalliy mahsulotlarning Qozog‘iston bozoriga chiqishi uchun muayyan imkoniyat va istiqbollar aniqlandi.

 Qozog‘iston bozoridagi eng jozibador mahsulotlar guruhi bo‘yicha eksportning hududiy diversifikatsiya (dekonsentratsiyalash) istiqboli quyidagilarga bog‘liq:

Shu bilan birga, innovatsion rivojlanish va hududiy iqtisodiy o‘sishning drayveri sifatida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni hisobga olgan holda, organik kimyoviy moddalar (Buxoro va Toshkent viloyatlari), tibbiyot va farmasevtika mahsulotlari (Samarqand va Andijon viloyatlari, Toshkent shahri), nazorat-o‘lchov asboblari va apparatlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari)ni eksport qilish orqali Qozog‘iston bozorini egallash masalalarini ko‘rib chiqish kerak. 

Shunday qilib, mahalliy xom ashyo va resurslarni chuqur qayta ishlash, ikkilamchi materiallar va mahsulotlar importi o‘rnini bosishni kengaytirish hisobiga tovarlarni diversifikatsiya qilish jarayonini tezlashtirish amalga oshiriladi. Hududlar uchun yuqori qo‘shimcha qiymatga ega, istiqbolli o‘rta va yuqori texnologiyali sohalarga,  shu jumladan IT-texnologiyalar, mikrobiologiya, seleksiya  va boshqalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir.

 

Elnora-Xan Yakubova,
PMTI loyiha rahbari o'rinbosari

 

Rahimjon Ochilov,
PMTI yetakchi ilmiy xodim
i

 

Mirzabek Jamolov,
PMTI
katta ilmiy xodimi