O'zbekistonda sement bozori: oligopoliyadan erkin raqobat sari
5апр

2010-yillar boshida sement ishlab chiqarish O‘zbekistonning uchta hududida jamlangan bo‘lib, respublikadagi jami sement mahsulotining 46,3 foizi Navoiy, 37,9 foizi Toshkent va 15,8 foizi Fargʻona viloyatlarida ishlab chiqarilardi. Umuman olganda, o‘sha davrda respublikada atigi 4ta sement ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko‘rsatardi. Sohadagi ulushlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, bu bozorning oligopolistik holatda ekanligini anglatardi.

“Oligopoliya” atamasi grek tilidagi oligosbir nechta va poleosotish so‘zlaridan kelib chiqqan.[1]

Oligopoliya – ishlab chiqarish va sotishning katta qismi nisbatan yirik kamsonli korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan bozor tuzilmasidir.[2]

Bunday sharoitda sement hududlar o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa tashilardi. Natijada sementni boshqa hududlarga yetkazish va eksport qilishda transport va logistika xarajatlari oshib borardi.

Mahsulot ishlab chiqaruvchilarning soni va geografik joylashuvi ma’lum bozorlardagi raqobat darajasini tavsiflaydi. Muayyan turdagi obyektlarning ma’lum vaqt oralig‘ida konsentratsiya darajasi tahlili iqtisodiyotning o‘rganilayotgan tarmog‘i holati va rivojlanishini baholash imkonini beradi.

Ushbu maqolada sement ishlab chiqarishning hududiy konsentratsiyasini baholash va bozordagi raqobat darajasini aniqlash uchun xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan bozor konsentratsiyasining ko‘rsatkichi bo‘lgan Herfindal-Hirshman indeksi (HHI) qo‘llaniladi.

Herfindal-Hirshman indeksi sanoatning monopollashuv darajasini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichdir. Iqtisodchilar Orris Herfindal va Albert Hirshman sharafiga ularning nomi bilan ataladi.[3]

HHI indeksining asosiy afzalligi – hisoblashning sodda usuli va uni aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarning kichikroq hajmi.

Ushbu indeksni hisoblash solishtirma og‘irlikning foiz qiymatlari va o‘nlik koeffitsientlar asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Indeksning maksimal qiymati foiz sifatida hisoblanganda 10000ga yoki kasr sifatida hisoblanganda 1,0ga teng. So‘ng, tarmoq konsentratsiyasining hisoblangan qiymati tushadigan diapazonga qarab, bozor turi aniqlanadi.

Herfindal-Hirshman indeksining formulasi quyidagicha:

HHI= S12+S22+…+Sn2

Si – bozorning har bir ishtirokchisi ulushi.

Ushbu tahlilda HHI sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning hududlar bo‘yicha foizlari kvadratlarining yig‘indisi sifatida aniqlanadi, Si har bir hududda ishlab chiqarilgan sement hajmining umumiy respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sement mahsulotiga nisbati sifatida olinadi (ya‘ni, hududning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi).[4]

2010-yili O‘zbekistonda sement sanoati uchun hisoblangan HHI indeksi 3832,1ni tashkil etdi.

Indeksning bu darajasi bozor yuqori darajada konsentratsiyalashganini anglatadi.

Sement zavodini qurish katta moliyaviy investitsiyalar va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun kredit tashkilotlari kamroq kapital talab qiladigan va tezda qoplanadigan loyihalarga ko‘proq e’tibor berishni afzal ko‘radi.

Ta’kidlash joizki, tovar bozorlarida monopoliyani bartaraf etish muammolari iqtisodiy nazariyada ham, kompaniyalar va boshqaruv tuzilmalari amaliyotida ham keng muhokama qilinadi.

Mamlakatimizda ulkan qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Albatta, boshqa qator omillar bilan bir qatorda bunda qurilish materiallari, shu jumladan sement ishlab chiqarish sohasining rivojlanishi ham juda muhim.

Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda sement ishlab chiqarish bozorida katta o‘sishga erishildi. Hududlarda sanoatni rivojlantirish, mineral resurslardan samarali foydalanish, qurilish materiallari sanoatini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Sementga talab ortib borishi bu sohaga yangi investorlarning kirishiga turtki berdi. Natijada ishlab chiqarish quvvatlari kengaydi, sohaga zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda.

Ushbu omillar respublika hududlarida sement ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish imkonini berdi (1-jadval).

1-jadval

2010-2021 yy. O‘zbekiston Respublikasida hududlar bo‘yicha sement ishlab chiqarish dinamikasi (ming tonna)

 

 2010-yil

 2016-yil

2021-yil

Korxonalar soni, birlik

Ishlab chiqarish

Umumiy hajmdagi ulush, %

Korxonalar soni, birlik

Ishlab chiqarish

Umumiy hajmdagi ulush, %

Korxonalar soni, birlik

Ishlab chiqarish

Umumiy hajmdagi ulush, %

Respublika bo‘yicha

4

6 807,8

100,0

12

8 646,1

100,0

40

14 175,0

100,0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

 

 

 

 

 

3

437,6

3,1

Viloyatlar:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Andijon

 

 

 

2

63,8

0,7

3

416,6

2,9

Buxoro

 

 

 

 

 

 

1

6,6

0,05

Jizzax

 

 

 

 

 

 

3

2 600,8

18,3

Qashqadaryo

 

 

 

 

 

 

2

19,7

0,1

Navoiy

1

3 155,5

46,3

1

3 500,0

40,5

2

3 666,0

25,9

Namangan

 

 

 

 

 

 

1

225,6

1,6

Samarqand

 

 

 

1

9,4

0,1

7

349,5

2,5

Surxondaryo

 

 

 

 

 

 

2

1 499,8

10,6

Sirdaryo

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent

2

2 578,9

37,9

5

3 854,9

44,6

5

3 278,4

23,1

Farg‘ona

1

1 073,4

15,8

3

1 218,0

14,1

11

1 674,4

11,8

Xorazm 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Manba: «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi ma’lumotlari.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2016-2021 yillarda sement ishlab chiqarish hajmi 63,9 foizga (yiliga o‘rtacha 12,8 foiz punkitga) o‘sdi. Bu bozordagi talab va taklifning mos kelishiga ko‘maklashdi.

Ishlab chiqarish konsentratsiyasi darajasining pasayishi va uning qator hududlarda rivojlanishi sement bozori tarkibini raqobatbardosh bozorga aylantirdi.

2010-yilda sement ishlab chiqarish jamlangan 3ta hududda jami mahsulot ulushining pasayish parametrlari bunga misol bo‘la oladi: Navoiy viloyatida pasayish 20,4 (46,3-25,9), Toshkent viloyatida 14,8(37,9-23,1) va Farg‘ona viloyatida 4 foiz punktni (15,8-11,8) tashkil qildi.

2021-yil yakuniga ko‘ra, sement sanoati bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi hududlar bo‘yicha sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatib, 1818,7ni tashkil etdi.

Bu daraja sanoatning hududiy konsentratsiyasi sezilarli (2,1 baravar) pasayganini bildiradi, chunki hozirgi kunda sement ishlab chiqarish 14 ta hududdan 11 tasida tashkil etilgan.

Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yirik sement korxonalarini hom ashyo bilan ta’minlash uchun zarur mineral resurslar yetarli darajada mavjud emas. Shu bois investorlar tomonidan mazkur hududlarda sement ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishga jiddiy qiziqish bildirilmayapti.

O‘z navbatida, taklif hajmining o‘sishi bozorlarda muvozanatning yuqori darajasiga va mahsulot tannarxining pasayishiga olib keldi. “O‘zRTXB” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda mahalliy ishlab chiqarilgan 1 tonna sementning birja savdolarida o‘rtacha narxi 551,3 ming so‘mni tashkil etdi (2020-yilga nisbatan 14,3 foiz punktiga past).

1-rasm. 2010-2021 yillar. O‘zbekiston Respublikasida sement ishlab chiqarish hajmi dinamikasi (million tonna)

Manba: «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi ma’lumotlari.

Sement sanoatini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi

Xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va umumlashtirish shuni ko‘rsatdiki, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sement sanoati rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy infratuzilmani ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hisobiga sement sanoatining rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarining qayta taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Sement ishlab chiqarish daromad va bandlikni ta’minlashning muhim manbalaridan biriga aylandi.

Tizimli monitoring natijalari va ular asosida olib borilgan hisob-kitoblar tahlili sement ishlab chiqarish butun dunyoda, shu jumladan Markaziy Osiyoda ham sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, ishlab chiqarish markazi AQSH va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan ishci kuchi arzonroq bo‘lgan va talab sezilarli darajada oshgan Osiyoga ko‘chdi.

Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida (Xitoy, Saudiya Arabistoni, Koreya Respublikasi, Turkiya, Eron va boshqalar) sement sanoati davlat koʻmagida nisbatan qisqa muddatda eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy va energiya tejovchi majmualarga aylantirdi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligi oshdi.

Bu jarayonlar 2020-yilda dunyoda aholi jon boshiga oʻrtacha 538 kg, Xitoyda 1651 kg, Koreya Respublikasida 1076 kg, Turkiyada 877 kg, Eronda 823 kg sement ishlab chiqarishga erishish imkonini berdi.

O‘zbekistonda sement sanoatini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

Mamlakatda qurilish materiallarini ishlab chiqarishga bo‘lgan talabning asosiy drayveri bu prognoz qilinayotgan kapital qurilishning barqaror rivojlanishi, ishlarning sanoatlashishi, shuningdek, yangi mahalliy xom ashyo manbalarining o‘zlashtirilishidir.

Respublikada urbanizatsiyani yanada rivojlantirish, shaharlar va qishloqlarda uy-joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlari, transport, energetika, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish va boshqalar bo‘yicha qator uzoq muddatli dasturlar qabul qilindi.

O‘zbekiston keng ko‘lamda sement ishlab chiqarish ta’minlash uchun foydali qazilmalarning katta geologik zaxiralariga ega.

Investitsion muhitning sezilarli darajada yaxshilanishi mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar hajmini jalb qilishni davom ettirish imkonini bermoqda. Respublika bo‘ylab keng ko‘lamli yangi sanoat va infratuzilma obyektlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Aholi daromadlarining oshishi bilan ipoteka va yakka tartibdagi uy-joy qurilishi yanada rivojlandi.

Respublikamizning jadal rivojlanayotgan qurilish kompleksini hisobga olgan holda, yaqin kelajakda sement sanoatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Ushbu maqsadlarga erishish uchun soha mutaxassislari tomonidan Rivojlanish dasturi, jumladan, 2022-2024-yillarda respublikamizning turli hududlarida energiya tejovchi texnologiyalarga asoslangan, umumiy quvvati qariyb 20 million tonna yuqori sifatli sement ishlab chiqarish boyicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, 2022-2026-yillarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturi loyihasida sement tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va yangi ishga tushirilgan obyektlarda ishlab chiqarishni tashkil etish aholi jon boshiga 2024-yilda 630 kg, 2026-yilda 760 kg (2016-yilga nisbatan 2,8 barobar o‘sish) sement ishlab chiqarishga erishish imkonini beradi.

Shu bilan birga, respublika hududlarida sement ishlab chiqarishni kengaytirish natijasida HHI qiymati 2024-yilda 1399gacha, 2026-yilda 1134gacha (2010-yilga nisbatan 3,4 baravar qisqarish) kamayishi prognoz qilinmoqda, bu esa ishlab chiqarish konsentratsiyasi darajasi sezilarli pasayishi va bozorda raqobat kuchayishidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda sanoat va qurilishda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini hisobga olgan holda ushbu dasturlarda belgilangan parametrlarga erishish yuqori sifatli sementga o‘sib borayotgan ichki talabni qondirishga, yangi ish o‘rinlari, jumladan, chekka hududlarda ham yaratishga, tayyor mahsulot eksportini oshirishda yordam beradi.

 

M.To‘rayev
MTI
bosh ilmiy xodimi,

E.Sunnatullayev
PMTI
yetakchi ilmiy xodimi

 


[1] Экономическая теория. Полный курс MBA. И.К. Станковская, И.А. Стрелец. – ООО «Рид Групп», 2011. С. 212.

[2] Конкуренция и конкурентоспособность. А.Г. Мокроносов, И.Н. Маврина. – Екатеринбург: Изд-во Урал ун-та, 2014. С. 27.  

[3] Экономико-математический словарь

[4] Индекс Херфиндаля-Хиршмана онлайн