Boʼlim ishini tashkillashtiradi; Institutning axborot infratuzilmasini takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqadi, yaʼni axborot tizimlari, axborot texnologiyalari, kompyuter maʼlumotlar bazalari va axborot faoliyatini taʼminlashning boshqa usullari va vositalarining umumiyligi; axborot tizimi vositalaridan foydalanish va ularning ishlashi boʼyicha koʼrsatmalar beradigan mahalliy normativ hujjatlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi; Tashqi va mahalliy tarmoqlarni yangilash va oʼrnatishni amalga oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy maʼlumotlarini joriy etish orqali kompyuter va periferik uskunalar, internet va lokal tarmoqlar uzluksiz ishlashini taʼminlash;serverlarda maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash; Institut veb-saytini yangilab turish ishlarini tashkillashtiradi. Xalqaro va Respublika konferentsiyalarini, seminarlarni, davra suhbatlarni va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʼtkazishda ishtirok etadi
Talablar:
• Oliy ma'lumot;
• IT sohasida kamida 3 yil ish va boshqaruv tajribasi;
• Rus va o‘zbek tillarini bilish;
• Mas'uliyat, punktuallik, xushmuomalalik;
Kerakli bilim va ko'nikmalar:
• DNS, DHCP, SMTP, WSUS серверлар bo'yicha bilim; Active Directory, mahalliy tarmoqni boshqarish ko'nikmalari,
• Windows 8/10/11, Windows Server 2016/2019/2022 operatsion tizimlarini bilish;
• ma'lumotlarni saqlash tizimlari, virtualizatsiya tizimlarining ishlash tamoyillari haqida umumiy tushuncha;
• Zoom dasturi ishidagi bilim va tajriba (konferentsiya yaratish, xizmat rejalari bilan ishlash);
Tashkilotda Active Directory domeni, pochta serveri, videokonferensaloqa serveri, kirishni boshqarish va nazorat qilish tizimi hamda videokuzatuv, markazlashtirilgan Wi-Fi kirishni boshqarish tizimi, internetda bir nechta kanallar, boshqariladigan mahalliy tarmoq, virusga qarshi markazlashtirilgan himoya tizimi, zaifliklarni topish va bartaraf etish tizimi mavjud.
Taklif qilinadi:
Oylik maoshi: kelishilgan holda;
Qo`shimcha moddiy rag`batlantirishlar (choraklik qo`shimcha maosh);
Xalqaro tashkilotlar bilan qo`shimcha tadqiqotlar;
Shaxsiy va kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy ish qilish;
Eng zamonaviy jihozlangan shinam ofisda ishlash;
Martabaviy o`sish uchun imkoniyatlar.
Nomzodlar tegishli hujjatlarni (ma'lumotnoma-obyektivka, diplom nusxalari) quyidagi elektron pochta manziliga yuborishi mumkin M.Karabayeva@ifmr.uz