Axborot va dasturiy-texnik ta’minot bo‘limi bosh mutaxassis (0,5 stavka)

Vazifalar:

Tashqi va mahalliy tarmoqlarni yangilash va oʼrnatishni amalga oshirish, ularning xavfsizligini taʼminlash; institut xodimlariga tarmoqli muhit va Internet bilan ishlash boʼyicha maslahat berish va ishini taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy maʼlumotlarini joriy etish orqali kompyuter va periferik uskunalar, internet va lokal tarmoqlar uzluksiz ishlashini taʼminlash;serverlarda maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash; xalqaro va Respublika konferentsiyalarini, seminarlarni, davra suhbatlarni va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʼtkazishda ishtirok etish.

Talablar:

• Oliy ma'lumot

• IT sohasida kamida 2 yil ish tajribasi

• Rus va o‘zbek tillarini bilish

• Mas'uliyat, punktuallik, xushmuomalalik,  

Kerakli bilim va ko'nikmalar:

• DNS, DHCP, SMTP, WSUS серверлар bo'yicha bilim; Active Directory, mahalliy tarmoqni boshqarish ko'nikmalari,

• Windows 8/10/11, Windows Server 2016/2019/2022 operatsion tizimlarini bilish;

• ma'lumotlarni saqlash tizimlari, virtualizatsiya tizimlarining ishlash tamoyillari haqida umumiy tushuncha;

• Tеxnikalarga xizmat ko'rsatish tajribasi;

• SCS (Strukturaviy kabel sistemasi)ni o'rnatish tajribasi;

• (MS Office) Ofis dasturlarini bilish;

• Zoom dasturi ishidagi bilim va tajriba (konferentsiya yaratish, xizmat rejalari bilan ishlash);

 

Tashkilotda Active Directory domeni, pochta serveri, videokonferensaloqa serveri, kirishni boshqarish va nazorat qilish tizimi hamda videokuzatuv, markazlashtirilgan Wi-Fi kirishni boshqarish tizimi, internetda bir nechta kanallar, boshqariladigan mahalliy tarmoq, virusga qarshi markazlashtirilgan himoya tizimi, zaifliklarni topish va bartaraf etish tizimi mavjud.

Intellektual, ahil jamoada ishlash, tajribali mutaxassisdan o`rganish va texnik rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat bor.

 

Taklif qilinadi:

Oylik maoshi: kelishilgan holda;

Qo`shimcha moddiy rag`batlantirishlar (choraklik qo`shimcha maosh);

Xalqaro tashkilotlar bilan qo`shimcha tadqiqotlar;

Shaxsiy va kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy ish qilish;

Eng zamonaviy jihozlangan shinam ofisda ishlash;

Martabaviy o`sish uchun imkoniyatlar.

 

Nomzodlar tegishli hujjatlarni (ma'lumotnoma-obyektivka, diplom nusxalari) quyidagi elektron pochta manziliga yuborishi mumkin M.Karabayeva@ifmr.uz