Tahririy nashriyot Bo‘lim boshlig‘i-bosh muharrir

Vazifalar:

Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnalida iqtisodiyotga oid maqolalar, iqtisodiy va innovatsion rivojlanish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, menejmentning zamonaviy metodlari va yo‘nalishlari, bozor iqtisodiyoti, monetar va fiskal siyosat, marketing, prognoz va makroiqtisodiy, davlatlar xalqaro demokratik hamjamiyatida O‘zbekistonning tutgan o‘rni va roli, rivojlangan davlatlardagi iqtisodiyot boshqaruvi va menejmentning ilg‘or, sinovdan o‘tgan metodlarini joriy qilishga qaratilgan mavzularda ilmiy maqolalar chop etishni tashkil qilish.

Chop etiladigan materiallarning g‘oyaviy-nazariy va professional darajasini, yuksak ilmiy saviyasini, ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishini ta’minlash. Jurnal tahririyati tahrir hay’ati a’zolari bilan birgalikda qabul qilingan materiallarni ko‘rib chiqib baho berish, ularga taqriz yozish, lozim bo‘lsa chetdan mutaxassislarni jalb etib, ilmiy taqriz uyushtirish, nashrning navbatdagi sonini talablar darajasida chop ettirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish.

 

Talablar:

• Oliy ma'lumot; (Jurnalistika, Iqtisodiyot mutaxassisliklari boyicha)

• Sohada kamida 3 yil ish va boshqaruv tajribasi;

• Rus va o‘zbek tillarini bilishi;

• Mas'uliyat, punktuallik, xushmuomalalik;

 

Taklif qilinadi:

Oylik maoshi: kelishilgan holda;

Qo`shimcha moddiy rag`batlantirishlar (choraklik qo`shimcha maosh);

Xalqaro tashkilotlar bilan qo`shimcha tadqiqotlar;

Shaxsiy va kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy ish qilish;

Eng zamonaviy jihozlangan shinam ofisda ishlash;

Martabaviy o`sish uchun imkoniyatlar.

 

Nomzodlar tegishli hujjatlarni (ma'lumotnoma-obyektivka, diplom nusxalari) quyidagi elektron pochta manziliga yuborishi mumkin M.Karabayeva@ifmr.uz